Professional boksning yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (5-0, 5 KO) o‘zining 6-jangini Toshkent vaqti bilan 13-dekabr kuni o‘tkazadi.
Meksikada o‘tkaziladigan jangda Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-0, 3 KO) raqiblik qiladi.
Meksikalik Oliva hozirga qadar professional boksda 4 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 3 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Elnur esa hozirga qadar professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut orqali taslim qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abduraimov so‘nggi jangini 2019-yil 18-mayda Issa Nampepechega qarshi o‘tkazib, raqibini 4-raundda nokautga uchratgan.
Oliva bo‘lsa 2020-yil 28-fevralida Xesus Emmanuel Salinasga qarshi jangda raqibini 2-raundda nokautga uchratib g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Abduraimov—Oliva jangini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!