Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand davlat tibbiyot institutining 300 nafarga yaqin talaba va magistri Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun safarbar etiladi. Bu haqda “Daryo”ga institut axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Ta’kidlanishicha, Prezidentning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-noyabrda rasmiylashtirilgan “Bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini tibbiyot muassasalariga ishlashga yuborish haqida”gi buyrug‘iga ko‘ra qashqadaryolik va surxondaryolik magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) yo‘nalishlarining 5- va 6-bosqich talabalari sog‘liqni saqlash tizimida shifokorlar yetishmayotgan viloyatga yuboriladi.

Safarbarlikka jalb etilayotgan 300 nafarga yaqin talaba va magistr yarim kun aholiga tibbiy yordam ko‘rsatadi hamda kunning ikkinchi yarmida onlayn tarzda o‘qishini davom ettiradi. Ular ushbu tadbir jarayonida o‘z ish o‘rinlarini ham topishi ko‘zda tutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)