Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida “Barselona” 8-dekabr, seshanba kuni o‘z maydonida “Yuventus” qabul qilib 0:3 hisobida yengildi.

Foto: Twitter / @Juventus

Foto: Twitter / @Juventus

Uchrashuvda turinliklar safida Krishtianu Ronaldu (dubl) va Ueston Makkenni o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Ronaldu “Kamp Nou”da “Barselona”ga qarshi o‘tgan so‘nggi 13 ta o‘yinda 14 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Gollarning uchtasi 11 metrlik jarima zarbasidan urilgan.

Qayd etish joiz, Ronaldu “Real”dan ketganidan beri ilk bor “Kamp Nou”da maydonga tushdi. So‘nggi bor portugaliyalik hujumchi bu stadionda 2018-yil mayida o‘yin o‘tkazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)