Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nokia yangi avlod aloqa tarmog‘i — 6G’ni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar guruhiga boshchilik qiladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Loyiha Hexa-X nomini olgan bo‘lib, uni Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradi.

Taxminlarga ko‘ra, 6G teragertsli chastotalarda ishlaydi va “inson tanasi va miyasidagi texnologiyalarga ulanish” imkonini beradigan a’loqani ta’minlaydi, shuningdek, real vaqtda gologrammalar yaratish imkonini beradi.

Mazkur texnologiya 2030-yilga borib ishga tushishi kutilmoqda.

Bloomberg’ning yozishicha, hali 5G tarmog‘i “boshlang‘ich bosqichda ekanligiga qaramay”, ayrim davlatlar 6G ustida ish boshlab yuborgan. Xususan, AQShda Next G Alliance ca O-RAN Alliance loyihalari bor. Xitoyda esa 6G aloqa tarmog‘ini yaratishni hukumat moliyalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning sentabrida Oulu universiteti professori Ari Pouttu 6G texnologiyalarini joriy etish uchun o‘n yilliklar kerakligini va u 2030-yilga kelib paydo bo‘lishini aytgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?