Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqda 2020-yilning 8-dekabr kuni “Jizzaxda jarima maydonidan mashinalarni olib chiqish uchun navbat katta. Buning ustiga ma’muriy amaliyot inspektori ish o‘rnida emas. Mashinalarni noqonuniy ravishda jarima maydoniga qo‘yish holati ham kuzatilmoqda” izohi keltirilgan videolavha tarqaldi. Video yuzasidan YHXBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

Qayd etilishicha, videolavha o‘rganilganda, holat 8-dekabr kuni Jizzax shahar IIO FMB YHXB ma’muriy amaliyot bo‘limida tasvirga olinganligi ma’lum bo‘lgan.

“O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligi bois mamlakat miqyosida xodimlar uchun 8-dekabr dam olish kuni hisoblanadi. Shu bois bank orqali jarimalarni to‘lash imkoniyati bugun mavjud emas. Paynet tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, tizim orqali to‘lovlarni amalga oshirishda ayrim qiyinchiliklar (ayrim fuqarolar tizimdan oldindan foydalanmaganliklari bois) yuzaga kelmoqda.

Fuqarolar uchun qulayliklar yaratish maqsadida Jizzax viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi YHXB mas’ul xodimi xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan”, — deyiladi YHXBB xabarida.

Shuningdek, videolavhaga “Mashinalarni noqonuniy ravishda jarima maydoniga qo‘yish holati ham kuzatilmoqda...” izohi keltirib o‘tilgan. Ma’lum qilinishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turilishi belgilangan.

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan avtomobillarga “sirena” va “migalka” o‘rnatishga ruxsat berilishi haqidagi xabarni rad etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi