Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda 4-dekabr kuni “2021-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalariga maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslama ‘sirena’ yoki yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha ‘migalka’ o‘rnatish uchun bir yiliga BXMning 50 foizi (1 431 660 so‘m) miqdorida pul to‘lab ruxsatnoma berilishi belgilandi”, mazmunidagi xabar tarqaldi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur xabarni rad etdi va uning asoslanmagan yolg‘on xabar ekanligini ma’lum qildi.

YHXBB tomonidan qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 3-ilovasi (transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar) 7.21-bandiga ko‘ra, transport vositalari o‘zboshimchalik bilan yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan bo‘lsa, yoxud transport vositasining tashqi yuzasida belgilangan talablarga mos kelmaydigan maxsus rangli grafik chizmalar, yozuvlar va belgilar bo‘lsa, bunday transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi ‘Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida’gi 758-son qarorida transport vositalariga to‘lov asosida yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar o‘rnatish uchun ruxsatnoma berilishi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas”, — deyiladi YHXBB xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismiga ko‘ra, tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

YHXBB ijtimoiy tarmoqlardagi barcha norasmiy sahifalar egalaridan asoslanmagan, yolg‘on ma’lumotlarni o‘z sahifalarida e’lon qilmasligini so‘ragan hamda yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun tegishli tartibda javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi