Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bloomberg agentligi 2020-yilda o‘z sohalarida eng katta yutuqlarga erishgan 50 kishi ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat beshta asosiy yo‘nalishga ajratilgan, bular — biznes, moliya, ko‘ngilochar, siyosat hamda fan va texnologiyalar. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Foto: “Zn.ua”

Foto: “Zn.ua”

Eng atoqli biznesmenlar qatoriga Netflix’ning o‘z tarixidagi eng tez o‘sishini ta’minlagan kompaniya hamta’sischisi Rid Xastings, 1700 dan ortiq tibbiyot xodimi uchun 10 million dollardan ziyod mablag‘ ajratgan Econet Group asoschisi Strayv Masayia, shuningdek, to‘qqizta yirik riteylerni o‘z peshtaxtalarining 15 foizini qora tanli tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun ajratishga ko‘ndirgan Fifteen Percent Pledge loyihasi asoschisi Avrora Jeyms kirdi.

Moliyachilar orasida Bloomberg muhtoj mamlakatlarga kredit ajratishni 50 foizga ko‘paytirgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar sonining keskin o‘sishini ta’minlagan Robinhood hamasoschilari Bayju Bxatt va Vladimir Tenevni hamda tez orada Citigroup rahbari lavozimini egallab, Amerika yirik bankining birinchi ayol rahbariga aylanadigan Jeyn Freyzerni qayd etdi.

Ko‘ngilochar yo‘nalishida eng katta muvaffaqiyatga, agentlik fikricha, qo‘shiqchi Billi Aylish, komediyali aktrisa Selesta Barber, Universal Filmed Entertainment rahbari Donna Lengli va faol Kolin Kapernik erishgan.

Fan va texnologiyalar sohasida esa SpaceX prezidenti Gvinn Shotvell, Contemporary Amperex Technology rahbari Zeng Yukun, Oq uy bosh immunologi Entoni Fauchi va kompaniyadagi “zaharli” sharoitdan norozilik belgisi sifatida iste’fo bergan Amazon sobiq vitse-prezidenti Tim Brey eng ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishgan.

O‘z navbatida, siyosat yo‘nalishida agentlik Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning, Urugvay prezidenti Luis Lakalye Pouning hamda Black Lives Matter harakati asoschilari Alisiya Garza, Patris Kallors va Opal Tometining muvaffaqiyatlarini qayd etdi.

Bundan tashqari, Bloomberg 2020-yildagi eng muhim shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi “hech kimni ajablantirmaydigan” odamlarni ham aytib o‘tdi. Ular orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp va AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, XXR rahbari Si Szinpin va Rim papasi Fransisk ham bor. Shuningdek, Amazon asoschisi Jeff Bezos, Apple rahbari Tim Kuk, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask va Facebook rahbari Mark Sukerberg ham shu yo‘nalishga kiritildi.

Avvalroq Time jurnali o‘z tarixida birinchi marta “Yil bolasi”ni tanlab olgani xabar berildi. Shuningdek, 2020-yilni tarixdagi eng yomon yil deb e’tirof etdi va o‘z muqovasiga ikkita qizil chiziq bilan chizib tashlangan 2020 raqamini joylashtirdi.

Financial Times gazetasi va McKinsey konsalting kompaniyasi esa Sara Frayerning “Filtrsiz: Instagram’ning insayderlik tarixi” kitobini 2020-yilning eng yaxshi biznes-kitobi deb topdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi