Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerikaning Time jurnali 2020-yilni tarixdagi eng yomon yil deb e’tirof etdi va o‘z muqovasiga ikkita qizil chiziq bilan chizib tashlangan 2020 raqamini joylashtirdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Muqovaga bag‘ishlangan maqolada jurnalda faoliyat olib boruvchi kinotanqidchi Stefani Zaxarek yozishicha, jahon tarixida bundan ham yomonroq yillar bo‘lgan. Ammo bugungi kunda yashayotgan odamlarning aksariyati 2020-yilni hech narsa bilan solishtira olmaydi.

“Birinchi jahon urushi vayronagarchiliklari va 1918-yilgi gripp pandemiyasini eslash uchun 100 yoshdan oshgan bo‘lishingiz; Buyuk depressiya oqibatidagi muhtojliklar haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun taxminan 90 yoshda bo‘lishingiz; Ikkinchi jahon urushi va uning dahshatlari haqidagi xotiralarga ega bo‘lish uchun esa taxminan 80 yoshda bo‘lishingiz kerak”, — deyiladi maqolada.

Qolgan barcha odamlar hayotida, Zaxarekning so‘zlariga ko‘ra, bunday misollar bo‘lmagan, xolos. O‘tib borayotgan yilning asosiy sinovlari sifatida kinotanqidchi tabiiy ofatlarni, AQShdagi muammoli prezident saylovlarini hamda butun insoniyat hayotini ostin-ustun qilgan koronavirus pandemiyasini tilga oldi.

“Agar 2020-yil antiutopiya haqidagi film bo‘lganida edi, siz ehtimol uni 20 daqiqadan keyin o‘chirib qo‘ygan bo‘lardingiz”, — deb yozdi Zaxarek.

Eslatib o‘tamiz, Time jurnali o‘z tarixida birinchi marta “Yil bolasi”ni tanlab oldi. Bu yo‘nalish ekofaol Greta Tunberg sharofati bilan yuzaga kelgan: u 2019-yilda jurnal tomonidan “Yil odami” deya e’tirof etilgan birinchi o‘smirga aylangan edi. Time uning tengdoshlari va undan kichik bo‘lganlar uchun ataylab yangi yo‘nalishni joriy etishga qaror qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi