Daryo

Foto: Turkiyadagi eng katta saroy — Dolmabaxchega sayohat

Saroyda jami 285 ta xonalar, 44 ta zal, 68 ta yig‘im xonalari va 6 ta hammomlar mavjud. Maydoni 14 595 kvadrat metrdan iborat

4 daqiqa o‘qish94 872 ko‘rishlar0 izoh0
Dolmabaxche saroyi. Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Pandemiya sharoitida turizm” loyihasini tashkil etgan Turkiya madaniyat va turizm agentligi o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlarni Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga taklif etdi. Safarning ilk kuni Istanbulning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdan boshlandi. Ana shunday joylardan biri bu Dolmabaxche saroyi hisoblanadi.

Bugungi kunda saroy joylashgan hudud XVII asrga qadar ko‘rfaz bo‘lib, u yerdan tabiiy dengiz bandargohi sifatida foydalanilgan. XV asrda Konstantinopolning qamali davrida Sulton Mehmet II suvdan kemalarni ko‘tarib, quruqlikdan Oltin shoh ko‘rfazi tomonga olib chiqargan, deb hisoblanadi. Dolmabaxche saroyining sulton Abdulmajed davrida noqulay bo‘lib qolgan yog‘ochdan qurilgan bino o‘rnida bunyod etilgan. Uning qurilishida imperator me’morlari Karabet Balyan, Oxaness Serviranyan, Nikogos Balyan va Jeyms Uilyam Smit qatnashgan. Qurilish ishlari 1843—1850-yillarda Xoja Said og‘a va 1850—1856-yillarda Esseied Ali Shohin bey nazoratida amalga oshirilgan.

1856-yildan boshlab saroyda 6 nafar hukmdor: Sulton Abdulmajid, Sulton Abdulaziz, Sulton Murod V, Sulton Abdulhamid II, Sulton Mehmed Reshad V, Sulton Mehmed Vohiddin VI va so‘nggi Halifa Abdulmejidlar yashagan.

Respublika, deb e’lon qilingan davrdan boshlab bu yerda Mustafo Kamol Otaturk yashab faoliyat yuritib, vafot etgan. 1949-yilgacha Ismet Inenyu prezidentlik qilganida saroydan qarorgoh sifatida foydalangan. 1984-yilda esa bu yerda muzey faoliyat yuritgan. Dolmabaxche saroyida shisha va quyma metall ustaxonalari, qushlar maydoni, otxonalar, oshxonalar va boshqa qo‘shimcha binolar bo‘lgan. Bosh bino foydalanish nuqtayi nazaridan yerto‘la qismi, ikki qavat va bolaxonadan iborat uch qismga ajratilgan. Saroyda jami 285 ta xonalar, 44 ta zal, 68 ta yig‘im xonalari va 6 ta hammomlar mavjud. Maydoni 14 595 kvadrat metrdan iborat. Shu sababli ham u mamlakatdagi eng yirik saroy sanaladi.

Joylashuvi va me’moriy nuqtayi nazaridan Qarorgoh, Usmon saroyi va turk uyi andozasi asosida qurilgan. Yevropaning barokko va rokoko uslublari hamda me’morchilikning neoklassik an’analaridan foydalanilgan. Shunday qilib, an’anaviy usmon san’at uslubining yangicha talqinida namoyon bo‘ladi.

Soatli minora.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Saroy hududiga kiraverishda o‘tirgan mushuk va xizmat vazifasidagi politsiya xodimi. Bu yerda har qadamda mushuk va itlarni uchratish mumkin. Odamlarga ularga mehribon.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Soatli minora.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Sayyohlar o‘zlarni erkin his qilishi uchun barcha sharoitlar hozirlangan.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Rasmiy yotoqxona (Selyamliq).Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Ishlatilgan tibbiy himoya vositalarini mana shunday maxsus qutilarga tashlash mumkin.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Rasmiy yotoqxona (Selyamliq) gumbazalaridan biri.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Sayyohlar uchun o‘rindiqlar.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Oilaviy tashrif buyuruvchilar.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Rasmiy yotoqxona.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Sulton darvozasi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Sulton darvozasi va zamonaviy arxitektura binosi bitta rakursda.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Bosfor ko‘rfaziga qaragan darvoza.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Bosfor ko‘rfaziga qaragan darvoza.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Dolmabaxche saroyi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Dolmabaxche saroyi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Soatli minora.Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Saroyning ichki qismlari arxitekturaning noyob uslublaridagi o‘ziga xoslik jihatlarini saqlab qolish maqsadida suratga olish, tasvirga tushirish uchun ruxsat etilmagan bo‘lsa-da, rasmiy manbalarda har bir xonaning go‘zalligidan bahraman bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Foto: Move2Turkey.com
Foto: Move2Turkey.com
Foto: Move2Turkey.com
Foto: Move2Turkey.com
Foto: Move2Turkey.com
Foto: CCT
Foto: PbBase
Foto: PbBase
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar