Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatlari soni oxirgi besh yilda 6 barobarga kamaygan. Ammo ushbu turdagi jinoyatlar ichida chaqaloq va bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar salmog‘i har yili surunkali ravishda ortib boryapti. Bu haqda 4-dekabr kuni o‘tkazilgan Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning aytishicha, oxirgi uch yilda chaqaloq savdosidan jami 114 nafar bola jabrlangan. Ularning asosiy qismi, ya’ni 89 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

“Ma’lumki, bugungi kunda odam savdosi jinoyatlari oqibatida dunyoning barcha hududlarida ko‘plab insonlar jabr chekmoqda va bu jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga jiddiy xavf tug‘diryapti. Achinarlisi, yer yuzida odam savdosi qurboni bo‘layotgan shaxslarning 30 foizini bolalar tashkil etmoqda. Bu kabi holatlar, afsuski, respublikamizda ham mavjud.

Mamlakatimizda 2018-yilda odam savdosi jinoyatlari ichida chaqaloq savdosining ulushi 38 foizni, 2019-yilda esa 44 foizni tashkil qilgan. 2017–2020-yillardagi holatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z chaqalog‘ini sotgan ayollarning 31 foizi og‘ir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli, 17 foizi homilani yashirish, 52 foizi esa moddiy manfaat topish maqsadida ushbu jinoyatlarni sodir etgan. Chaqaloq sotib oluvchi shaxslar bilan suhbat o‘tkazilganda ular bu ishga farzandi bo‘lmagani, oilasini saqlab qolish chorasi sifatida qo‘l urgani, bola o‘z aqlini tanib olmasdan, kichikligida asrab olishim kerak va o‘z bolam sifatida katta qilishimga bu yaxshi bo‘ladi, degan vajni keltirishyapti”, — dedi Norboyeva.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila: Qirg‘izistonda deputatlar maoshini zilzila qurbonlariga yordam uchun o‘tkazmoqchi
Dunyo
Bayden kelgusi prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi haqidagi savolga javob berdi
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi