Jizzax viloyatida tadbirkorlik subyektlariga asossiz ravishda yer uchastkalari ajratib berish holatlari yuz bergan. Bu haqda O‘zbekiston Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov ma’lum qildi.
Senatorning ta’kidlashicha, qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yerlar elektron tizim orqali ijaraga berilishi kerak, biroq bu tizimga faqat “keraksiz, odamga foydasi tegmaydigan yerlar” chiqarilmoqda.
— “E-ijro” tizimi bo‘yicha savdo bo‘lyaptimi desangiz, yo‘q, savdo bo‘lmayapti. Ammo tumanning ichiga kirib, hokimning qarorini ko‘tarsangiz, yaxshi, ishlash mumkin bo‘lgan jozibador yerlar hech qanday “E-ijro”siz, hokimning qarori bilan berib yuborilganini ko‘rasiz. Hatto bu yer berilgani uchun viloyat, tuman budjetiga pul ham tushmagan, — dedi senator.
Madumarovning alohida qayd etishicha, bunday holatlar viloyatning Sharof Rashidovning tumanida 16 ta, G‘allaorol tumanida 6 ta aniqlangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)