• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zamonaviy dunyoning muhandislik mo‘jizasi – Yevrotunnel qurilishi boshlanganiga 33 yil to‘ldi

    La Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan tunnel 26 yil oldin kontinental Yevropa va Buyuk Britaniyani bir-biriga bog‘lagan edi. Hozirda ushbu yo‘ldan odam va yuk tashishda faol foydalanilmoqda. Jami 50 kilometrdan uzunlikdagi tunnel qurilishi uchun 10 mingdan ortiq ishchi va muhandislar hamda yetti yil vaqt kerak bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish uchun, qanchalik g‘alati tuyulmasin, 200 yildan oshiqroq vaqt ketdi. “Daryo” sana munosabati bilan Yevrotunnel qurilishi tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tunnel 1.0. G‘oya muallifi –  Alber Matye-Favyer

    La Mansh ostidan yo‘l o‘tkazgich qurish g‘oyasi fransuz injeneri Alber Matye-Favyer tomonidan ilgari surildi. Dastlabki taklifiy loyihaga ko‘ra, tunnel moyli lampalar bilan yoritilishi va undan odamlar ot-aravalarda o‘tishi kerak edi. Havo aylanish tizimini esa dengiz sathiga chiqadigan teshiklar bilan tashkil qilish rejalashtirildi.

    Ushbu qurilish loyihasi Napoleon I tomonidan Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida tinchlik shartnomasini tuzish paytida taklif qilingan edi. Ammo Uchinchi koalitsiya urushi tufayli u amalga oshmay qolib ketdi.

    Tunnel 2.0. G‘oya muallifi – Tome de Gamond

    1856-yilga kelib boshqa bir fransuz muhandisi Tome de Gamond Angliya va Fransiya o‘rtasida temiryo‘l tunnelini qurishni taklif qildi. Fransuzlar rozi bo‘lib turgan paytda inglizlar tomonidan tayinli javob bo‘lmadi. Bu vaqtda muhandis o‘zining hamkasbi – dunyodagi birinchi metropoliten quruvchilaridan biri Piter Uiliam Barlou bilan maslahatlashdi. Shundan so‘ng Britaniya va Buyuk Britaniya rasmiylari tunnel qurilishiga rozi bo‘ldi. Moliyaviy muammolar tufayli qurilish rozilikdan bir yil o‘tib boshlandi.

    Ikki tomondan mutaxassislar o‘rganish ishlarini boshlab yubordi. Ammo qurilish ishlari 1883-yilda inglizlar tomonidan to‘xtatildi. Bunga yo‘lning qurilishi dushman hujumini osonlashtirishi sabab qilib ko‘rsatildi. Bu vaqtga qadar Britaniya tomonidan 2 026 metr, fransuzlardan 1 829 metr qazib bo‘lingan edi.

    1963-yilda Angliya va Fransiya o‘rtasida La Mansh ostidan tunnel qurish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishildi. Shundan so‘ng ham loyihani amalga oshirishga kirishilmadi, har xil gumonlar qurilish ishlarini ortga surdi. 1986-yilga kelibgina ikki mamlakat loyihani birga amalga oshirish uchun kelishuvga imzo chekdi. Bir yil o‘tib uning qurilishi boshlandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Muhandislar olidida juda katta vazifa turgan edi: suv ostidan uzoq yillab xizmat qilishi kerak bo‘lgan chidamli tunnel qurish. Tunnellarni Fransiyadan Kale shahridan, Britaniyadan esa Folkstonda qurish boshlandi. 1987-yil 15-dekabrda gorizontal ishlov berish uchun birinchi tunnel shitlar yaratildi, 1988-yil 28-fevralda uning fransuz sherigi ishga tushirildi. Ularning vazifasi maishiy ehtiyojlar va kutilmagan hodisalar uchun mo‘ljallangan, diametri 4,8 metr bo‘lgan aloqa tunnelini burg‘ilash edi. Ish paytida ushbu mashinalar bir vaqtning o‘zida devorlarni beton segmentlari bilan mustahkamlab, tunnel o‘qini qoplaydigan bir yarim metrli halqalarni hosil qildi.

    Hammasi bo‘lib, Britaniya tomonidan tunnelning 84 kilometri, fransuzlar tomonidan esa 69 kilometri qazildi. Britaniyalik va fransuz burg‘ulovchilari tunnelning so‘nggi metrlarini qo‘lda va belkurak bilan yakunladi. Shundan so‘ng asosiy tunnellar ulangan va Britaniyaning tunnel shitlari yerosti omborlariga olib ketilgan, fransuzlarniki esa demontaj qilgan va tunneldan chiqarilgan.

    Qurilish jarayonida sakkiz million kubometr tosh olib tashlandi (yuzi 200 metr bo‘lgan kub). Har bir tomon o‘z qismini o‘z yo‘lida tasarruf etdi. Fransuzlar shunchaki yerni suv bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan pulpani yana dengizga olib keldi.

    Loyiha yetti yil davomida 13 ming ishchi kuchi yordamida tugatildi. 1994-yilning 6-may sanasida ikki davlat uchun tarixning yangi sahifasi ochildi. Aynan shu kuni yangi qurilgan tunneldan birinchi poyezd yurdi. Tantanali ochilish marosimida Buyuk Britaniya qirolichasi va Fransiya prezidenti Fransua Mitterlar qatnashdi.

    Tashkiliy masalalar

    Yevrotunnel uchta tunneldan iborat: shimol va janubga boruvchi ikkita asosiy tunnel va bitta xizmat tunneli. Xizmat tunnelida har 375 metrda o‘tish yo‘llari mavjud bo‘lib, ularni asosiylari bilan bog‘laydi. Bu xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun asosiy tunnellarga kirish va xavfli holatlarda odamlarni shoshilinch evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan edi.

    Ushbu tunnel Parijdan Londonga 2 soat-u 15 daqiqada yetib borishga imkon beradi. Temiryo‘l liniyalari Yevropa kontinenti va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi aloqalarni osonlashtiradi. Tunneldan yo‘lovchilar va yuk tashish xizmatlari hozirgacha faol foydalanib kelmoqda.

    Mirjalol Qosimov tayyorladi.

    02.12.2020, 16:30   Izoh (0)   35458
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus bilan kasallanib chiqqanlar erta qarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

    02.12.2020, 16:25

    Tramp 2024-yilgi prezident saylovlarida qatnashishi mumkinligiga ishora qildi

    02.12.2020, 16:01

    BMT bosh kotibi dunyoda 40 milliondan ortiq odam qullikda yashayotganini ma’lum qildi

    02.12.2020, 15:27

    Ilon Mask: odam yaqin olti yil ichida Marsga qadam qo‘yadi

    02.12.2020, 15:16

    Latviyada COVID-19 tufayli joriy qilingan favqulodda holat rejimi 11-yanvargacha uzaytirildi

    02.12.2020, 14:54

    Pfizer va BioNTech COVID-19’ga qarshi vaksinasini Yevroittifoqda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi

    02.12.2020, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.