Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tom Kruzning “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasida bajargan tryuklari (hamda aktyor hayotidagi bitta holat) qo‘g‘irchoqli animatsiya yordamida qayta amalga oshirildi. Qisqa rolikda qo‘g‘irchoq Kruz mototsiklda harakatlanadi, uchayotgan samolyot bortiga osilib qoladi, poyezd tomi va osmono‘par bino devori bo‘ylab yuguradi, parashyutsiz sakrashni amalga oshiradi hamda lazerlar uzra osilib qoladi, shuningdek, divanda sakraydi.

Animator Viktor Xegelin Kruzning roligidan tashqari “Xellouin”da gigant qovoq ustida yugurayotgan Maykl Mayer ishtirokidagi videoni ham yaratgan.

Shuningdek, plastilindan yasalgan Kventin Tarantino turli usullar yordamida o‘ldirilgan.

Avvalroq internetda “Uddalab bo‘lmas topshiriq” kinofranshizasining yettinchi qismini suratga olish ishlari tasvirlangan videorolik paydo bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi