Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2020-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra 131 ta tabiiy monopoliya mavjud. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tayanib, Spot ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu 2017-yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. O‘sha yilda tabiiy monopoliyalar soni 148 ta bo‘lgan.

Mamlakatda 2020-yil yozida tabiiy monopoliyalar soni keskin ko‘tarildi (beshta yangi kompaniya qo‘shilgan), ammo noyabrga kelib ularning soni yana kamaydi.

Tabiiy monopoliya — bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishda raqobatli sharoitni yaratish texnologik xususiyatlarga ko‘ra mumkin bo‘lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lmaydigan holat. Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi.

Avvalroq Uzbekistan Airways va “O‘zbekiston temir yo‘llari” monopoliyasi Senat qo‘mitasi majlisida muhokama qilingani, O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi ayrim korxonalarda monopoliyaga qarshi yangicha nazorat tizimi joriy etilishi hamda “O‘zmetkombinat” va “O‘zikkilamchiranglimetall”ning metall parchalarini tayyorlash bo‘yicha monopoliyasi bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?