Nonushta kunlik energiya manbasi hisoblanadi, ammo ertalabdan ish yoki o‘qishga shoshib nonushta tayyorlashga erinish yoki ulgurmaslik mumkin. Agar bu sizga tanish holat bo‘ladigan bo‘lsa, unda yechim sifatida bir kun avval kechasi tayyorlab qo‘yish mumkin bo‘lgan mazali nonushtalar retseptini taqdim qilamiz.
Meva sousli sirnik

Ham mazali ham foydali “sirnik”larni bolalar, “zapekanka”dan ko‘proq yaxshi ko‘radi. Mevalar blenderda maydalangani sabab ham uni kechasi tayyorlab qo‘yilganda, aynimaydi, buning uchun 500 gr tvorogga, 1 dona tuxum, yarim piyola shakar, ichimlik sodasi va 5 osh qoshiq un qo‘shib aralashtiring va qovurib oling. Tongda mikroto‘lqinli pechda isitib ustiga mevalardan tayyorlangan sousni quyishning o‘zi kifoya.
Tvorogli tiramisu

Ushbu nonushta kam xolesteringa ega ekani bilan ahamiyatli. Pechenyeni sut yoki sharbatga bo‘ktirib qo‘ying. Stakan yoki maxsus idishga bo‘ktirilgan pechenyeni bir tekisda soling, ustidan bir qator tvorog solib meva yoki yong‘oq qo‘shing, shu ketma-ketlikda idish to‘lgunicha solib chiqing. Muzlatkichda qolsin.
“Nachinka”li quymoq

Quymoq tayyorlaydigan retseptingiz bo‘yicha xamirini pishirib oling. “Nachinka”sini doimgidan boshqacharoq tayyorlang: tovuq yoki qiymaga pishloq qo‘shing. Tvorog va mayizli nachinka ham yaxshi variant.
Granola

Uyda tayyorlanadigan granoladan yaxshisi yo‘q. Quritilgan mevalarga yong‘oq qo‘shing. Tez tayyor bo‘ladigan suli yormasi hamda asal qo‘shib aralashtiring hamda pechda kisir-kisir bo‘lishi uchun qizdirib oling.
Sutli grechka

- Faqat shirinlik emas: Uddaburon uy bekasi tvorogdan tayyorlashi mumkin bo‘lgan 5 yegulik
- Yeymiz va semirmaymiz: Ozishni istaganlar ratsioniga kiritishi mumkin bo‘lgan past kaloriyali shirinliklar
- Uy sharoitida qanday qilib yogurt tayyorlash mumkin? Bu juda oson
- Nonushtaga mayiz va tvorogli keks tayyorlab ko‘ring








