Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har bir uy bekasi ham qiyin va uzoq vaqt oladigan taom hamda salat tayyorlashni xush ko‘ravermaydi. Qolaversa, turli vaziyat bo‘lishi, to‘satdan uyga mehmon kelib qolishi mumkin va bunday vaqtda dasturxonga tortiladigan yegulik qancha tez tayyor bo‘lsa shuncha yaxshi. Shuni inobatga olgan holda tayyorlanishi uchun 5 daqiqa kifoya qiladigan mazali salatlar retsepti bilan bo‘lishamiz.

Krabli salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Tez tayyor bo‘ladigan salatlardan biri bu krabli salat hisoblanadi va uni hatto uncha tajribaga ega bo‘lmagan uy bekalari ham tayyorlay oladi. Buning uchun krablarni tozalab, o‘rtacha kattalikda kesib chiqing. Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring. Pomidor va bulg‘ori qalampirini ham kubik shaklida to‘g‘rang. Mahsulotlarni mayonez bilan aralashtiring, konservalangan jo‘xori qo‘shing. Bezating va salat tayyor.

Bodringli salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Salat uchun bir dona bodring, kolbasa va tuxum kerak bo‘ladi. Ularning barchasini o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang. Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring. Mayonez qo‘shib aralashtiring.

Sabzili salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Salatni tayyorlash uchun 2 ta qaynatilgan tuxum, sarimsoq, 2 osh qoshiq mayonez kerak bo‘ladi. Sabzavotlarni yuvib tozalagandan keyin qirg‘ichdan chiqaring. Tuxumni to‘g‘rab, sarimsoqni maydalang va mahsulotlarni yaxshilab aralashtiring.

Kolbasa va pomidorli salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Ushbu salat uchun 250 gr kolbasa, 1 dona pomidor, piyoz va 55 gr mayonez kerak bo‘ladi. Piyozni yarim dumaloq, kolbasa va sabzavotni somoncha shaklida to‘g‘rang. Mahsulotlarga sous qo‘shib aralashtiring.

Pishloqli salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Mazkur salatni tayyorlash uchun ikki dona pomidor, pishloq, 2 osh qoshiq sous hamda shivit va quritilgan non bo‘laklari kerak bo‘ladi. Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring. Pomidorni to‘g‘rang va sarimsoqni maydalang. Mahsulotlarni aralashtiring, tuz va murch seping. Maydalangan non bo‘laklari va shivit bilan bezang.

Mol go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Ushbu salatni sho‘rva tayyorlaganingizda qolgan bir bo‘lak go‘sht bilan ham tayyorlash mumkin. Uni o‘rniga tovuq qo‘shsa ham bo‘ladi. Go‘shtdan tashqari, oq turp, piyoz va 2 dona tuxum, mayonez, o‘simlik yog‘i hamda ziravorlar kerak bo‘ladi. Tayyorlashni go‘shtni somoncha shaklida to‘g‘rashdan boshlang. Piyozni yarim dumaloq shaklda to‘g‘rab, o‘simlik yog‘i solingan tovada birinchi go‘shtni, keyin esa piyozni solib qovurib oling. Turpni qirg‘ichdan chiqaring, tuxumni to‘g‘rang va barcha mahsulotlarni qo‘shib aralashtiring. Tuz va murch seping.

Zaytun solib tayyorlanadigan salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Salat uchun bir dona bodring, kolbasa va tuxum kerak bo‘ladi. Ularni o‘rtacha qalinlikda to‘g‘rash kerak. Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring. Mahsulotlarga yashil konservalangan no‘xat qo‘shing, tuz seping va mayonez solib aralashtiring. Tayyor salatni shivit bilan bezang.

Baliqli salat

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Ushbu salatni tayyorlash uchun baliqni bo‘laklarga bo‘ling. Tuxumni kubik shaklida to‘g‘rang. 50 gr qaynatilgan guruchni salatga qo‘shing. Yashil konservalangan no‘xat hamda shivit qo‘shing va tuz seping.

“Ledi” salati

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Qaynatilgan tovuq va bodringni kubik shaklida to‘g‘rang. Unga shivit, murch va ziravorlar qo‘shing, Smetana qo‘shib aralashtiring.

“Damskiy kapriz” salati

Foto: “Oh Petra.ru”

Foto: “Oh Petra.ru”

Konservalangan ananasni mayda somoncha shaklida, tovuq go‘shtini kubik shaklida to‘g‘rang. Ikki dona tuxum va pishloqni qirg‘ichdan chiqaring. Mahsulotlarga mayonez qo‘shib aralashtiring.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi