Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qamchiq dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Gidrometeoroligiya xizmati markazininig bergan ma’lumotiga ko‘ra, 28-noyabr kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qamchiq dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalarida isinish uchun vaqtincha joylashib turish tavsiya etiladi.

“Qor qatlami yig‘iladigan joylar holati mustahkam emas, qora ko‘chishi xavfi mavjud. Qamchiq dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kun davomida berib boriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 28-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qilib, Respublikaning tog‘li hududlariga qor yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor insonlar uchun sharoit qanday? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma
Sport
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Cobalt avtomobillari topshirildi