Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 26-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@EuropaLeague

Foto: Twitter/@EuropaLeague

“Arsenal” safarda “Molde”ga qarshi bahs olib boradi va ikkinchi bo‘limda urilgan uchta gol evaziga yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 12 taga yetkazib olgan londonliklar keyingi bosqich masalasini deyarli hal qildi.

“Lester” jamoasi safarda “Braga”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limda “tulkilar” mezbonlarning ikkita goliga Harvi Barnsning yagona kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi. 78-daqiqada muvozanatni tiklagan “Lester” futbolchilari asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida yana o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Barchasi mag‘lubiyat tomon ketayotgan bir vaqtda Eeymi Vardi hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 5-daqiqasida muvozanatni tiklashga erishdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Zarya” mehmonda AYEKdan ustun keldi. Shu tariqa “Lester” muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.

H guruhi peshqadamlari “Lill” va “Milan” o‘zaro bahs yuritdi. Unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Narigi o‘yinda “Seltik” yana “Sparta”ga yirik hisobda yengildi va guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Yevropa Ligasi

4-tur bahslari

26-noyabr, payshanba

B guruhi

“Molde” Norvegiya — “Arsenal” Angliya 0:3

Gollar: 0:1 – 50 Pepe, 0:2 – 55 Nelson, 0:3 – 83 Balogun.

“Molde”: Linde, Sinyan, Uingo, Gregersen (Knudtson, 85), Eursnes, Ellingsen, Xestad, Xussayn (Bolli, 61), Eykrem (Bryunxildsen, 81), Jeyms (Omoijuanfo, 61), Risa (Pedersen, 82).

“Arsenal”: Runarsson, Soaresh, Mustafi, David Luiz (Holding, 46), Meytlend-Naylz, Djaka (Sebalos, 62), Uillok (Tirni, 75), Pepe, Nelson, Nketia (Balogun, 82), Lyakazett (Smit-Rou, 75).

G guruhi

“Braga” Portugaliya — “Lester” Angliya 3:3

Gollar: 1:0 – 4 El-Musrati, 1:1 – 9 Barns, 2:1 – 24 Paulinyu, 2:2 – 78 Tomas, 3:2 – 90 Franserjio, 3:3 – 90+5 Vardi.

AYEK Gretsiya — “Zarya” Ukraina 0:3

Gollar: 0:1 – 61 Gromov, 0:2 – 75 Kabayev, 0:3 – 86, penalti Yurchenko.

H guruhi

“Sparta Praga” Chexiya — “Seltik” Shotlandiya 4:1

Gollar: 0:1 – 15 Eduar, 1:1 – 26 Gansko, 2:1 – 38 Yulish, 3:1 – 80 Yulish, 4:1 – 90 Plavshich.

“Lill” Fransiya — “Milan” Italiya 1:1

Gollar: 0:1 – 46 Kastilyexo, 1:1 – 65 Bamba.

I guruhi

“Makkabi” Isroil — “Vilyarreal” Ispaniya 1:1

Gollar: 0:1 – 45 Aleks Baena, 1:1 – 47 Peshich.

“Qorabog‘” Ozarbayjon — “Sivasspor” Turkiya 2:3

Gollar: 1:0 – 8 Zubir, 1:1 – 40, penalti Kone, 2:1 – 51 Matich, 2:2 – 58 Kayode, 2:3 – 79 Kone.

J guruh

LASK Avstriya — “Antverpen” Belgiya 0:2

Gollar: 0:1 – 52 Rafayelov, 0:2 – 83 Gerkens.

L guruhi

“Gent” Belgiya 3 — 2 “Srvena Zvezda” Serbiya 0:2

Gollar: 0:1 – 1 Petrovich, 0:2 – 58 Milunovich.

“Slovan Liberets” Chexiya — “Hoffenhaym” Germaniya 0:2

Gollar: 0:1 – 77 Baumgartner, 0:2 – 89, penalti Kramarich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi