“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:48, 27.11.2020 25183

Qishki obraz yaratamiz: yubka bilan qanday kurtka kiygan va kiymagan yaxshi?

Bugungi kunda istalgan uslub va bichimdagi kiyimni boshqa bir kiyim bilan moslash urfda. Siz hech ham ikkilanmasdan ayollarga xos latofatli ko‘rsatadigan bichimli libos, xususan, yubka bilan oversize bichimli yoki boshqa bir uslubdagi qishki kurtkani umumlashtirishingiz mumkin. Ammo ularning ikkovi “chiqishishi” uchun mavjud qoidalarga amal qilish kerak.

Asosiy qoida

Foto: Cosmopolitan

Agar kurtka ham yubka ham bir rangda bo‘ladigan bo‘lsa, uzunlik borasida qayg‘urishingizga hojat qolmaydi. Ammo unday bo‘lmaydigan bo‘lsa, kurtka va yubka uzunligi orasidagi farq 20-30 santimetrdan oshmasligi kerak.

Foto: Cosmopolitan

Yo‘qsa sizning bo‘yingiz va ko‘rinishingiz ko‘ngildagidek ko‘rinmaydi. Qishki kiyim shundoq ham qomatni to‘laroq ko‘rsatadi. Obraz tanlaganda shuni inobatga olgan holda modellarga e’tibor qaratish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Midi uzunligidagi yubka bilan tizza yoki bo‘ksagacha bo‘lgan uzunlikdagi kurtka kiyish sizni bo‘yi past qilib ko‘rsatadi. Yaxshisi bir rangda moslang, rangning yorqinlik darajasi farq qilishi mumkin. Bir rangda kiyinish bo‘yni balandroq qilib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Yorqin rangli kurtka bilan printli yubka tanlash ham yaxshi variant. Agar yubkaning asosi qolib printining rangi kurtkaga mos bo‘lsa, yana ham yaxshi. Bunda nafaqat obrazingiz chiroyli ko‘rinadi, balki uzunlik va kurtkaning qalinligiga ham qaramay bo‘yingiz odatdagidan balandroq va qomatingiz proporsional ko‘rinadi.

Foto: Cosmopolitan

Ideal obraz faqatgina yubka va kurtkaning uzunligida emas, ularning bichimi muvofiqini tanlay bilish va moslashga ham bog‘liq. Qalin va kalta kurtka tananing yuqori qismini yirik qilib ko‘rsatadi. Bunday kurtka hisobiga yubkani qomatni A ko‘rinishida ko‘rsatadiganidan tanlash kerak.

Foto: Cosmopolitan

Agar bunday kurtka bilan yopishib turadigan kalta yubka kiyilsa, qo‘llar yirik, yelkalar keng va oyoqlar ingichka bo‘lib, “kachok”larga o‘xshab qolishingiz mumkin. Agar xuddi shunday kurtka bilan to‘g‘ri bichimli yubka kiyishni istasangiz, unda boldirgacha bo‘lgan va kamarli variant tanlang.

Foto: Cosmopolitan

Ranglarni bir-biriga moslashdan cho‘chimang. Bu sizni obrazingizni esda qolarli va didli ko‘rinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Baxmal, charm hatto ipak matosini ham qishki kurtkalar bilan ham noodatiy uslubda kiyinish mumkin.

Aksari yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Foto: Cosmopolitan

Matosi bo‘shashgan, osilib turadigan kurtka bilan hech qanday esda qolarli obraz yaratib bo‘lmaydi. Birinchidan, bunday model sizni qishki haroratda issiq tutishiga ishonch yo‘q, ikkinchidan, qomatingiz proporsiyasi xunuk ko‘rinadi.

Mini yubka bilan esa uzunroq kurtka kiygan yaxshi. Yubkaning kaltarog‘i bilan uzun yubka yaxshi turishi mumkin, lekin ikkalasining bir uzunlikdagisi tavsiya qilinmaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Mini yubka bilan belbog‘ yoki kamarli, qolaversa, etagi keng kurtka kiyish ham xato. Bu bo‘ksani keng qomatni esa to‘la ko‘rsatadi.

Quyidagi surat kurtka va yubka orasidagi katta farq bo‘yni qanchalik past ko‘rsatishining yaqqol isboti.

Foto: Cosmopolitan

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ