So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Moda

    Antitrend: Bu yilgi qishki mavsumda tavsiya qilinmaydigan ustki kiyimlar

    20.11.2020, 19:57 26678

    Nozik jins vakillari har qanday haroratda ham o‘ziga xos uslub va ko‘rinishga ega bo‘lishni istaydi. Lekin qishda hammasi boshqacharoq, sovuq mavsumda didli, shu bilan birga, qulaylik va salomatlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmaydigan kiyimlarni kiyish kerak. Bu esa trendda bo‘lishga xalaqit bermaydi, shunchaki mavsumga xos tavsiyalar va moda ixlosmandlarining kiyinish borasidagi uslublaridan ilhomlanish kifoya.

    Etagi keng ustki kiyim

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Bunday bichimli shuba buvingiz yoki oyingiz zamonasida dolzarb bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin hozir emas. Chunki ko‘rinishi qo‘ng‘iroqni esga soladigan ustki kiyim qomatni chiroyli ko‘rsatmaydi. Aksincha semiz, yoshingizga nisbatan katta va qomat proporsiyasini xunuk ko‘rsatadi. Shu sabab ham stilistlar bunday bichimli ustki kiyimni 2020-yilda kiyishda mantiq ko‘rmaydi. Buning o‘rniga oversayz uslubidagi eko-mo‘ynali modellarga e’tibor qarating.

    Mo‘ynali kurtka

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Yoqasida, cho‘ntak va yenglarida mo‘ynasi bor kurtka kimgadir chiroyli ko‘ringani bilan, urfdan qolganini inkor etib bo‘lmaydi. Bunday variantdagi kurtkalarni xarid qilmagan yaxshi, qolaversa, kapishonkadagi yupqa va sifatsiz mo‘yna nafaqat didsiz ko‘rinadi, balki issiq tutmaydi ham. Yoqa va yengida mo‘ynasi bor palto bo‘lsa boshqa gap, chunki aynan 90-yillarga xos bo‘lgan shunday modellar sovuq mavsumda har qachongidan ham dolzarbroq.

    Uzun norkali (qorako‘zan mo‘ynasidan tikilgan) shubalar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Bunday ustki kiyim ham o‘tmishga xos bashanglik belgisi. Agar garderobingizda bunday shuba bo‘ladigan bo‘lsa, uni tashlab yuborishga shoshilmang, balki keyinchalik 90-yillardagi paltolar singari takror urfga kirar, lekin hozircha uni kiymaganingiz yaxshi. Chunki bunday shuba o‘tmish artefakti bo‘lib ko‘rinadi.

    Ko‘ylak bichimli palto

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Sovuqda ham ayollarga xos latofatli ko‘rinishni istagangiz-da, bunday modellarni kiya ko‘rmang. Ko‘ylak boshqa, ustki kiyim boshqa, kurtka ichidan pirpirakli libos kiyavering, lekin ustingizga emas. Bunday bichimni moda olamidagi eng bo‘lmag‘ur eksperimentlar sirasiga kiritish mumkin. Birinchidan didsiz ko‘rsatadi, ikkinchidan esa noqulay ham. Uning ichidan qalin jemper yoki jaket kiyib bo‘lmaydi. O‘rniga zapaxli palto yoki oversayz kurtka tanlang. Chunki siz va ustki kiyimingiz orasida yopishib turadigan ko‘ylak emas, qishga xos qalinroq kiyim uchun joy bo‘lishi va kiyganda ham tiqilib qolgandek ko‘rinmasligingiz kerak.

    Yengi kalta ustki kiyim

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Yengi 3 ga 4 yoki 7 ga 8 bo‘lgan shuba va kurtkalarni ham ko‘ylak bichimli kurtka singari qulaylik va uslub borasidagi o‘xshamagan urinish, deb atasa bo‘ladi. Bunday ustki kiyim ichidan doim qalin yengli kiyim yoki uzun qo‘lqop kiyishga to‘g‘ri keladi va bu noqulaylik keltirib chiqaradi. Yaxshisi, yo‘q joydan o‘zingizga muammo yaratmasdan, yengi uzun va issiq tutadigan ustki kiyim xarid qiling.

    Mavzuga doir:

    • Qishki shpargalka: Sharfni ustki kiyimga moslashda nimalarga e’tibor berish kerak?
    • Qishda qanday sumka modellari urfga kiradi? (foto)
    • Qishki trend: quloqning bir tarafiga taqiladigan ziraklar yangi mavsumda yetakchilik qiladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kim birovga choh qazisa, o‘zi tushadi”. Sobiq Akfa universiteti rektori Central Asian University’dagi mojaro haqida

    Bugun, 15:35

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Ashxobod va Seul temiryo‘l sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

    Bugun, 15:10

    Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Gongkong ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    Bugun, 14:56

    Mashhur insonlarning onalari kim va ular hozirda qanday yashaydi? (foto)

    Bugun, 14:46

    Xitoy kompaniyasi 10 mln dollarga Andijonda qalampirni qayta ishlash loyihasini ishga tushiradi

    Bugun, 14:44

    Xanchjou—2022. Murodjon Yo‘ldoshev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 14:22

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Bugun, 14:10

    Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 13:58

    O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berildi

    Bugun, 13:52

    Nima sababdan chaqaloqlar tunda yaxshi uxlamaydi?

    Bugun, 13:44

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?