Boloniyada joylashgan Italiyaning Boarini Milanesi kompaniyasi bahosi 7 million dollarlik sumka yaratdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yangi Parva Mea seriyasining akvamarin rangli sumkasi yarim yaltiroq timsoh terisidan, 10 dona kapalak bezagi esa oq oltindan ishlangan. Ulardan to‘rttasida olmos, uchtasida sapfir va umumiy og‘irligi 130 karat bo‘lgan noyob Paraiba turmalinlari mavjud. Sumkaning ilgagida olmos qisqich o‘rnatilgan.
Kompaniya faqatgina 3 dona mahsulot chiqaradi va har bir sotilgan aksessuardan 950 ming dollar mablag‘ dengizlarni plastik chiqindilardan tozalash uchun sarflanadi.
Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, dunyodagi eng qimmat sumka Mouawad 1001 Nights Diamond Purse hisoblanadi. Yurak shaklidagi aksessuar 18 karat oltin va 4517 olmos bilan bezatilgan. Uning narxi 3,8 million dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)