Sumkalar ayollarning kundalik hamrohi ekanligi hisobiga ham u nafaqat zamonaviy, balki universal bo‘lishi kerak. Kunning issiq kunlaridagi sumkalar sovuq tushganda dolzarb bo‘lmay qolishi mumkin. Qish va sovuq mavsumda tutish mumkin bo‘lgan, istalgan obrazni didli ko‘rsatadigan sumkalar qaysilardan iborat ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Zanjirli sumka

Foto: Elle

Zanjirli sumkalar 2020-yilning asosiy trendlaridan biriga aylandi, desa xato bo‘lmaydi. Bottega Veneta brendi tomonidan taqdim qilingandek ko‘rinishga ega modellar har kuni tutish uchun ayni muddao.

Foto: Elle

Alohida tadbir va ziyofatlar uchun esa Wandler’dagidek sumkalarni tanlash tavsiya qilinadi.

Sumka-xobo

Foto: Elle

Noodatiy ko‘rinishga ega bu kabi sumkalar moda olamida yetakchilik qilishi kutilmoqda. Qulayligi va shaklining boshqalarga o‘xshamagani bilan moda ixlosmandlarining sevimli aksessuariga aylanishi aniq.

Foto: Elle

Coperni brendidagidek yoki shakli oyni esga soladigan Staud sumkalariga e’tiboringizni qarating.

Kichkina, bejirim ko‘rinishdagi sumkalar

Foto: Elle

Kichkina hajmli sumkalar qishga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylaganlar yanglishadi.

Foto: Elle

Ushlagichi bor bo‘lgan, o‘ziga xos dizaynga ega sumkalar qishki obrazlarni yanada chiroyli ko‘rsatishi mumkin.