Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hamda Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd al-Nahayon Britaniya lordlar palatasi a’zosi Uilyam Devid Trimbl tomonidan Tinchlik bo‘yicha beriladigan Nobel mukofotiga nomzodlar sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda Jerusalem Post xabar tarqatgan.

BAA valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd al-Nahayon

BAA valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd al-Nahayon
Foto: Reuters

Nashrning yozishicha, davlatlar rahbarlari o‘zaro tinchlik shartnomasini imzolagani tufayli mukofotga nomzod sifatida qayd etilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuv Isroil va Arab mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning me’yorlashuviga xizmat qilgan.

Asli shimoliy irlandiyalik Trimbl 1998-yilda Shimoliy Irlandiyadagi nizoni hal etishdagi harakatlari sabab Nobel mukofoti sohibi bo‘lgandi. Netanyaxu idorasi Nobel qo‘mitasining ushbu nominatsiya nomzodlarini o‘rganib chiqishiga ishonmoqda.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu
Foto: EPA

Agar isroillik siyosatchi mukofotni qo‘lga kiritsa, u mamlakat tarixida Nobel mukofotini olgan to‘rtinchi tarixiy shaxsga aylanadi. Nobel mukofoti 1901-yildan beri topshirib kelinadi.

Sentabr o‘rtalarida Vashingtonda Isroilning Bahrayn va BAA davlatlari bilan muosabatlarini normallashtirish yuzasidan kelishuv imzolangan. Keyinchalik Isroil hamda BAA ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgan.

Bungacha Isroil faqat ikki arab davlati – 1979-yilda Misr hamda 1994-yildan Iordaniya bilan xalqaro munosabatlarni o‘rnatgan edi.

1978-yilda o‘sha vaqtdagi Misr prezidenti Anvar Sadat va Isroil bosh vaziri Menaxem Begin o‘zaro munosabatlarni o‘rnatgani, hamkorlik yuzasidan kelishuv imzolagani tufayli Tinchlik yo‘nalishidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi