Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 2020-yil 19-noyabrda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar qilgan.

Boshqarmaning Telegram-kanalida e’lon qilingan videoda 19-noyabrda Oqdaryo tumanidagi M-37 avtomobil yo‘lida MAN yuk mashinasi ortidan kelayotgan Isuzu yuk avtomobilining oraliq masofani saqlamagani va tezlikni oshirgani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Kadr: Telegram / @YHXBB

Taxminan 15:00 larda “Toshkent—Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha trassaning 24–25-kilometrlarida harakatlangan Isuzu MAN’ga borib urilgan, oqibatda haydovchi va uning yonidagi ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Muolajalarga qaramay, ikkala yo‘lovchi ham shifoxonada vafot etgan.

Avval Samarqandda turkiyalik haydovchi urib yuborgan mast piyoda halok bo‘lgani, Pastdarg‘omda Cobalt hamda Nexia ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri vafot etgani, Samarqandda Lacetti yuk mashinasiga urilishi oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan.