“Atletiko” La Liga 10-turida “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).

Foto: Twitter

Bu madridliklar ustozi Diyego Simeone uchun Ispaniya chempionati doirasida katalonlar ustidan qozonilgan ilk g‘alaba bo‘ldi. Bunga qadar mutaxassis 17 uchrashuvda “Barselona”ni yenga olmagandi: 11 mag‘lubiyat va 6 durang.

Shuningdek, “Barselona” ketma-ket uchinchi o‘yinda “matraschilar”ni mag‘lub etolmadi. Bundan avval “ko‘k-anorranglilar” Ispaniya Superkubogi yarim finalida Madrid jamoasiga yengilgan bo‘lsa (2:3), La Ligada durang qayd etgandi (2:2).

Ayni vaqtda “Atletiko” 20 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda, “Barsa” (11) esa 10-pog‘onaga joylashgan. Har ikki jamoada ikkitadan zaxira o‘yini bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!