Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 10-turida “Atletiko” 21-noyabr, shanba kuni “Barselona”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib katalonlar ustunlikni o‘z qo‘liga ola boshladi. Biroq bo‘lim so‘ngidagi bitta xato “Barselona” darvozasining ishg‘ol etilishi bilan tugadi. Mark Andre ter Shtegenning to‘pga chiqishdagi noto‘g‘ri harakatidan keyin Yannik Ferreyra Karrasko uzoq masofadan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limni “Barselona” futbolchilar faol boshladi va madridliklar jarima maydonida qator qulay vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biroq Yan Oblak darvozasiga yo‘l topish mehmonlarga nasib etmadi.

Shu tariqa “Atletiko” ochkolarini 20 taga yetkazib olgan holda peshqadam “Real Sosyedad”ga yetib oldi. “Matraschilar” hisobida hali ikkita zaxira o‘yini mavjud. “Barselona” (11) esa 10-o‘ringa tushib ketdi.

La Liga

10-tur bahslari

21-noyabr, shanba

“Atletiko” — “Barselona” 1:0

Gol: 1:0 – 45+3 Karrasko.

“Atletiko”: Oblak, Trippyer, Ermoso, Savich, Ximenes, Saul, Karrasko (Felipe, 90), Joau Feliks (Lemar, 84), Lyorente (Diyego Kosta, 73), Korrea (Kondogbia, 84), Koke.

“Barselona”: ter Shtegen, Pike (Dest, 62), Langle, Alba, Serxi Roberto, Pyanich (Breytueyt, 83), de Yong, Pedri (Koutinyo, 57), Dembele, Grizmann (Trinkau, 83), Messi.

Ogohlantirishlar: Koke (9), Karrasko (26), Savich (79), Ximenes (80).

Sevilya – Selta 4:2

Gollar: 1:0 – 5 Kunde, 1:1 – 10 Aspas, 1:2 – 36 Nolito, 2:2 – 45 an-Nesiri, 3:2 – 85 Eskudero, 4:2 – 87 Munir.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)