Toshkent shahar prokurorining tashabbusi bilan 2020-yil 12-noyabrdan 4-dekabr kunlari mobaynida Toshkent shahrining barcha tumanlarida ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkalari o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunga qadar Yashnobod, Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlarda 72 ta korxona va tashkilotlar 2210 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan.
Mehnat yarmarkalariga 336 nafar fuqaro qatnashib, shundan, 70 nafariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi, 24 nafari kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash o‘quv kursiga jalb etildi, 36 nafar fuqaro bilan mehnat shartnomalari tuzilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tadbirda Birlashgan Arab Amirligining Caneed korxonasi chet elda ishlash bo‘yicha 200 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashmoqda.
Bundan tashqari, shahar prokuraturasining 99-030-07-47 raqamiga ochilgan Telegram kanali orqali ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmoqda.
Shu bilan birga, tadbir qatnashchilariga shahar prokuraturasi tomonidan tayyorlangan mehnat munosabatlariga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni tushuntirish bo‘yicha tayyorlangan risolaviy buket tarqatildi.
O‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari haqida ma’lumotlar ish.mehnat.uz sayti orqali keng yoritib borilmoqda.
Mehnat yarmarkalari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.
Izoh (0)