Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shu yil 28—29-noyabr kunlari ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida “Do‘stlik spartakiadasi” sport musobaqalari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Sport musobaqalarida OAV xodimlari badminton (yakkalik va mikst yo‘nalishlarida), stol tennisi (yakkalik) hamda voleybol bo‘yicha (erkaklar va ayollar) o‘zaro musobaqalashadi.

Badminton va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston badminton federatsiyasida tashkil etilsa, voleybol bahslariga Mirobod tumani 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi mezbonlik qiladi.

“Do‘stlik spartakiadasi” sport musobaqalarida qatnashish istagida bo‘lgan barcha turdagi OAV xodimlari va blogerlardan o‘z talabnomalarini joriy yil 25-noyabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining elektron manzili (info@minsport.uz) yoki

(99) 482-52-12 raqamiga Telegram messenjeri orqali yuborishlaringiz so‘raladi.

Unutmang, sog‘lom turmush tarziga oshno bo‘lgan inson sog‘lom fikrlaydi.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 239-24-18, (71) 239-24-37

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi