• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    YuNISEF O‘zbekistonda bolalar huquqlari borasida erishilgan yutuqlar pandemiya sabab yo‘qqa chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    YuNISEF O‘zbekistondagi bolalar vaziyati tahlilini taqdim etdi. Tashkilot COVID-19 koronavirus pandemiyasi mamlakatda bolalar huquqlari borasida erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jahon bolalar kunida YuNISEF taqdim etgan O‘zbekistondagi bolalar vaziyatining tahlili bo‘yicha yangi hisobotda koronavirus pandemiyasi mamlakatda ushbu yo‘nalishda erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi hamda butun mamlakat bo‘ylab eng zaif bolalarning vaziyati yomonlashishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Asosiy manfaatdor tomonlar, jumladan, vazirliklar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ilmiy doiralar, donorlar va xususiy sektor vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tahlil bolalarning omon qolishi, bolalar mehnatiga barham berish va erta yoshdagi bolalar ta’limining yaxshilanishi tendensiyalarini ko‘rsatgan.

    Hisobotda eng kam ta’minlangan oilalardagi bolalar va nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya bilan qamrab olish, homilador ayollarning ovqatlanishi va o‘spirinlarning ruhiy salomatligi borasidagi tashvishli muammolar ham ko‘rsatilgan.

    “Hisobotning taqdim etilishi o‘z vaqtida bo‘ldi. Butun dunyo va O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasi bilan kurashayotgan davrda – boy berilgan ta’lim, to‘yib ovqatlanmaslik, cheklangan suv ta’minoti va sanitariya sharoitlarining yetishmasligi hamda bolalar kambag‘alligi tez sur’atlarda o‘sib borayotgan vaqtda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va tegishli choralarni ko‘rish hamda bolalar uchun halokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olish uchun axborot, ma’lumotlar va dalillar zarur”, – deydi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

    Tahlil natijalari tuzilmali to‘siqlarni o‘rganib chiqish va ularga barham berish kerakligini tasdiqlagan. Budjet mablag‘larini taqsimlashdagi samarasizlik, sog‘liqni saqlash tizimida naqd pul to‘lash singari yashirin xarajatlar, ijtimoiy himoya va ta’lim sohasida turli yosh toifalari uchun muvozanatsiz sarmoyalar va ko‘pincha standartlarga mos kelmaydigan yetarli bo‘lmagan moliyalashtirish shular jumlasidan.

    Ushbu xulosalar COVID-19 oqibatidagi iqtisodiy ta’sir tufayli bolalar kambag‘alligi oshgan sharoitda qilingan. Hisobotda kam ta’minlangan oilalardagi va muassasalarda yashovchi bolalar va yoshlarni qamrab olishning muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, bolalar kundalik hayotida yuzaga keladigan sog‘liqning zaifligi, ta’lim olish imkoniyati yo‘qligi, turmush darajasi pastligi, huquqsizlik, zo‘ravonlik tahdidi va ekologik jihatdan yashash uchun xavfli bo‘lgan joylarda istiqomat qilish singari qator yo‘qotishlarni kompleks ravishda baholash uchun bolalar kambag‘alligining ko‘p ko‘rsatkichli o‘lchovini belgilash tavsiya etilgan. O‘z navbatida, bunday yondashuv kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha axborotga asoslangan va maqsadli siyosatni ishlab chiqishga yordam beradi.

    Shuningdek, YuNISEF hisobotida O‘zbekistondagi bolalar huquqlarini yanada ilgari surish uchun ustuvor yo‘nalishlar hamda yangi paydo bo‘layotgan muammolar ko‘rsatib berilgan.

    Avval iyul oyida YuNISEF va Osiyo taraqqiyot banki koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam ko‘rsatayotgani xabar qilingan, avgustda esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YuNISEFning Birlashgan monitoring dasturi hisobotida O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida 2019-yilda qo‘llarni sovun va suv bilan yuvish uchun zarur sharoit bo‘lmagani, ayni paytda mamlakatdagi maktablarning 83 foizi toza ichimlik suvidan foydalanish va 78 foizi asosiy sanitariya sharoitlariga ega ekanligi qayd etilgandi.

    21.11.2020, 06:33   Izoh (0)   18495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda terlashning oldini oluvchi ichki kiyim va paypoqlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

    21.11.2020, 02:15

    O‘zbekistonda Davlat xaridlarida ijrochilarning yaqin qarindoshlari ishtirok etishi taqiqlab qo‘yiladi

    21.11.2020, 01:45

    O‘zbekiston ilk marotaba so‘mda suveren obligatsiyalar joylashtirdi

    21.11.2020, 01:28

    Farg‘onalik yigit internet orqali tanishgan qizi unga turmushga chiqmasligini aytgani uchun qizning uyiga borib, 2 oylik chaqaloqni o‘ldirdi

    21.11.2020, 00:35

    Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi

    20.11.2020, 23:49

    O‘zbekistonda 2021-yil iyuldan boshlab vazir va hokimlarning semizlik darajasini onlayn kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

    20.11.2020, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.