Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Rafael dos Anyos (30-13) irlandiyalik yakkakurashchi Konor Makgregorni (22-4) jangga chorladi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Braziliyalik sportchi Toshkent vaqti bilan 15-noyabr tongida o‘tgan UFC Vegas 14 musobaqasida Pol Felderni (17-6) mag‘lubiyatga uchratdi.

“Chempionlik jangi uchun keyingi navbatda turgan bilan bellashishni xohlayman. Agar Habib haqiqatda faoliyatini tugatgan bo‘lsa, u holda bizning divizion ochiq qoladi.

Agar haqiqatga qaraydigan bo‘lsak, faqat men va Konor haqiqiy chempionlarmiz, qolganlar esa faqat vaqtinchalik bu unvonga ega bo‘lgan. Bizning jang ahamiyatga ega”, — deydi dos Anyos.

UFC Vegas 14 musobaqasining barcha janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — Video

O‘z navbatida ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor ham uning chorlovini qabul qildi.

“Birinchi navbatda Jastin, biroq chorlovni qabul qilishga tayyorman. Klassikani yodga olamiz”, — deya yozadi Konor.

Makgregor 23-yanvar kungi UFC 257 musobaqasida Dastin Poryega (26-6) qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning martida Konor va dos Anyos o‘rtasida jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq Rafaning jarohati sabab bu jang bekor bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi