• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bolalik, UFC, yashash tarzi, mashinalar va shaxsiy hayot. Habib Nurmagomedovning hayot yo‘li haqida

    Habib Nurmagomedov 2020-yilning 24-oktabrida UFC 254 musobaqasida oktagondagi oxirgi jangini o‘tkazdi. Ushbu musobaqadagi jang orqali Habib ketma-ket uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qildi. Bu safar unga Jastin Getji raqiblik qildi. Nurmagomedov Getjini bug‘ish usuli bilan muddatidan oldin mag‘lub etdi. Bu dog‘istonlik jangchining 29-g‘alabasi bo‘ldi va u UFC’ning vazn toifasidan qat’i nazar umumiy reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Xo‘sh, Habib bu uzoq va mashaqqatli yo‘lni qanday bosib o‘tgan, hozir qanday hayot kechiradi? Quyida shular haqida batafsil hikoya qilamiz.

    Bolaligi va faoliyatining boshlanishi

    Abdulmanap Nurmagomedov va Habib Nurmagomedov

    Abdulmanap Nurmagomedov va Habib Nurmagomedov
    Foto: “Sports.ru”

    Habib Abdulmanapovich Nurmagomedov 1988-yilda Dog‘istonning tog‘li Sildi qishlog‘ida dunyoga kelgan. E’tiborli tomoni shundaki, Habib o‘zining ilk qadamlarini aynan kurash tatamisida qo‘yadi. Uning otasi Abdulmanap Nurmagomedov Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy va erkin kurash bo‘yicha sport ustasi hisoblanardi. Abdulmanap doimo o‘g‘lini o‘zi bilan mashg‘ulotlarga olib borardi, shu tariqa Habib 5 yoshida ilk marta o‘zini sport kurashlarida sinab ko‘rdi.

    9 yoshga to‘lganida esa u allaqachon haqiqiy mashg‘ulotlarga kirishib bo‘lgandi. “Burgut”ning (Habib) o‘zi ham butun bolaligi kurash zallarida o‘tganini bir necha bor ta’kidlagan. Otasi Abdulmanap barcha shogirdlari qatori o‘z o‘g‘lidan ham qat’iy intizomni talab qilardi. Shu bilan birga u ta’lim olishni ham tashlab qo‘ymasdi, buni ham shaxsan otasi nazorat qilardi.

    2001-yilda Habib otasi va aka-ukalari bilan Dog‘iston poytaxti Maxachqal’aga ko‘chib o‘tadi. Kichik Nurmagomedov aralash jang san’atlariga kirishish uchun jangovar samboni intensiv ravishda o‘rganishni boshladi. Bu yo‘lda esa unga otasi har tomonlama tayanch bo‘ldi.

    Professionallarga o‘tish va UFC’dagi janglar

    Foto: Google Photos

    19 yoshida Habib sportni tark etish va qo‘riqchi bo‘lib ishlash haqida o‘ylay boshlaydi, biroq otasi bunga qarshi chiqib, shunday deydi: “Agar sen biron bir joyda ishlasang, demak sen sportchi emassan. Senga kerak bo‘lgan hamma narsani o‘zim beraman, sen esa mashq qilasan. Senga faqat kiyim-kechak va yo‘lkira uchun pul kerak, yegulik esa uyimizda ham bor”.

    Nurmagomedov otasiga quloq tutdi va bundan-da kuchliroq mashq qila boshladi. Habib 2012-yilda UFC’dagi birinchi jangini o‘tkazib, unda Kamal Shalorusni mag‘lub etdi. Shu tariqa 23 yoshli jangchi bosqichma-bosqich yengil vazn toifasida cho‘qqiga ko‘tarila boshladi. 2017-yilning oxirida Habib da’vogarlik jangida Edson Barbosani mag‘lub etdi. Shundan so‘ng u yengil vaznda chempion yo‘qligidan foydalangan holda El Yakvinta bilan chempionlik jangini o‘tkazdi va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.

    Foto: Google Photos

    Jang uslubi va tayyorgarlik jarayonlari

    Janglarda Habib tajovuzkor, u doimo raqiblariga hujum qiladi. Tezkor zarbalar bilan masofani yo‘q qiladi va bir harakat bilan o‘z uslubini qo‘llaydi. Nurmagomedov juda yaxshi kurashadi, u istalgan raqibini oktagonga yiqitishi mumkin. U istalgan raqibni “parter”da o‘z nazoratida ushlab tura oladi. Shuningdek, u raqiblarini zarbalar yomg‘iri bilan “siylash”ni ham unutmaydi.

    Habib bo‘sh vaqtlarini ham mashg‘ulotlarga bag‘ishlaydi. Odatiy kunlarda u kuniga ikki martadan, janglarga tayyorgarlik jarayonida esa uch marotabadan mashg‘ulot o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kim ko‘p mashq qilgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Habib o‘zini sportga bag‘ishlagan, buni  uning Instagram’ga joylab boradigan suratlaridan ham bilib olish mumkin.

    Foto: Instagram

    Hayot tarzi

    Habib dindor inson bo‘lib, o‘ziga ortiqcha narsalarni ravo ko‘rmaydi va doimiy ravishda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. Habibning pullari evaziga Nigeriyada bir qancha maktablar qurilgani bunga misol bo‘la oladi.

    Avvallari “Burgut” janglardan oladigan gonorar evaziga kuch kechirardi, ba’zida hatto qarzdor ham bo‘lib qolardi, ya’ni jangdan janggacha yashardi. Ammo Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng Habib o‘zining birinchi million dollarini ishlab oldi. Bundan tashqari, u aynan mazkur jangdan so‘n ko‘plab badavlat homiy va hamkorlarga ega bo‘ldi. Hozir Habib Reebok va Toyota kompaniyalarining rasmiy vakili hisoblanadi, shuningdek, unga Gorilla energetik ichimliklarini reklama qilish ham mo‘maygina daromad keltiradi. Habibning MMA’dagi butun faoliyati davomida ishlab topgan puli 30 million dollarga yaqin.

    Mashinalari

    Foto: Google Photos

    Habibning birinchi avtomobili Lada Priora bo‘lgan. Biroq chempion mazkur mashinani tezda sotib yuborgan.

    Foto: Google Photos

    Uning keyingi avtomobili Mercedes S300 bo‘lib, mahalliy aholi orasida uning obro‘yi ancha baland, boisi 90-yillarda anchayin jiddiy odamlar mazkur avtomobildan foydalangan.

    Aftidan unga nemis brendi yoqib qolgan ko‘rinadi, uning navbatdagi “toychog‘i” Mercedes AMG GT S bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Aytishlaricha, unga ushbu mashina mahalliy tadbirkorlar biri tomonidan sovg‘a qilingan.

    Foto: Google Photos

    Habibning navbatdagi inomarkalaridan biri BMW 6 Serie sanaladi.

    Foto: Google Photos

    Shuningdek, Habibning uyida (Dog‘istonda) Toyota Land Cruiser 200  ham bor. Umuman olganda, Habib o‘ta qimmat xaridlarni amalga oshirishni unchalik ham xushlamaydi.

    Shaxsiy hayoti

    Foto: Google Photos

    Habib o‘zining shaxsiy hayotini ommaga oshkor qilmaslikka harakat qiladi, shuning uchun ham shu paytgacha uning rafiqasi yuzini faqat yaqin do‘stlari va qarindoshlari ko‘rgan, xolos.

    Habibning aytishicha, rafiqasi ko‘p vaqtini uyda o‘tkazadi, chalg‘imaslik uchun esa u mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarga oilasini olib bormaydi. Juftlik 2015-yilda qiz, 2017 va 2019-yillarda esa ikki bor o‘g‘il farzandli bo‘lgan.

    Foto: Instagram/@khabib_nurmagomedov

    Habib 2020-yilning 3-iyulida og‘ir judolikka uchradi, uning har bir g‘alabasiga o‘zidan-da ko‘proq hissa qo‘shgan, doimo yonida turgan otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus asoratlari oqibatida bu hayotdan ko‘z yumdi. Shundan so‘ng Habib qanchalik og‘ir bo‘lmasin, hayotida ilk bor otasisiz oktagonga ko‘tarilishga majbur bo‘ldi, g‘alabasidan so‘ng esa ko‘z yoshlarini tiyolmadi va ho‘ngrab yig‘lab yubordi. U otasini xotirlar ekan, shunday so‘zlarni yozadi: “Sizni sog‘inaman, siz men uchun bir vaqtning o‘zida ham ota, do‘st, aka va murabbiy edingiz. Menga deyarli hamma narsani o‘rgatdingiz, umid qilamanki, mendan rozisiz.

    Zero, ota-onaning roziligi, bu — Yaratganning roziligidir”.

    Habib Nurmagomedov ishtirokidagi barcha janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    15.11.2020, 16:00   Izoh (0)   43365
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Siti” Messi va Ramos uchun taklif tayyorlamoqda

    15.11.2020, 15:00

    Krishtianu Ronaldu antirekord qayd etdi

    15.11.2020, 14:00

    Serxio Ramos Yevropa rekordini o‘rnatdi, jahon rekordigacha 7 ta o‘yin qoldi

    15.11.2020, 13:00

    Messining aqli, Neymarning texnikasi va Salohning kuchi. Trent Aleksander-Arnold tasavvuridagi ideal o‘yinchi

    15.11.2020, 11:01

    UFC. Rafael dos Anyos navbatdagi raqibini taslim etdi, Alhassan 30-soniyada nokautga uchradi

    15.11.2020, 09:01

    O‘rtoqlik o‘yinlari. Janubiy Koreya 5 ta gol urilgan o‘yinda Meksikaga yutqazdi, Saudiya Arabistonidan yirik hisobdagi g‘alaba

    15.11.2020, 08:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.