Kuzda nafaqat charm kurtka va palto bilan, balki nimcha kiyib ham o‘ziga xos obraz yaratish mumkin. Buning uchun ozgina didni ishga solish va quyidagi tavsiyalarga amal qilish kifoya.

Foto: Cosmopolitan

Mo‘ynali uzun nimchani nima bilan kiysa bo‘ladi?

Foto: Cosmopolitan

Mo‘ynali uzun nimcha bilan tizzadan yuqorida turadigan geometrik printli etik obrazni chiroyli ko‘rsatadi. Kuzgi ko‘rinish uchun pidjak, trikotaj ustidan nimcha kiyish mumkin. Kundalik komplektlarga aksessuarlar — och rangli klatch, ko‘zoynak qo‘shish mumkin.

Kalta mo‘ynali nimchani nima bilan kiyish mumkin?

Foto: Cosmopolitan

Klassik uslubdagi palto, uning ichidan bluzka yoki ko‘ylak bilan qulay jinsi kiyish mumkin. Belga esa charm kamar orqali urg‘u bering.

Kalta qora charm nimcha bilan obraz

Foto: Cosmopolitan

Bunday modelni futbolka, qora shim, keng ishton hamda botinka bilan moslash tavsiya qilinadi. Aksessuarlar ham xalal qilmaydi — mikrosumkani yelkaga, bo‘yningizga zanjir va minimal uslubdagi braslet taqing.

Nimchani shim va yorqin sumka bilan moslang

Foto: Cosmopolitan

Nimcha ichidan mayka kiyish o‘ziga xos ko‘ringani bilan kuzning sovuq havosiga to‘g‘ri kelmaydi. Undan ko‘ra boshqa rangdagi vodolazka kiying. Och va to‘g‘ri bichimli jinsi shim va qora, uchi to‘rtburchak “polsapog” obrazni yanada jozibali ko‘rsatadi.

Jinsi nimchani nima bilan kiyish mumkin?

Foto: Cosmopolitan

Bunday nimchani universal liboslar, masalan, klassik oq ko‘ylak va qora shim bilan kiysa bo‘ladi. Obrazni krossovka va minimal bichimdagi sumka chiroyli qilib yakunlaydi.

Nimcha va yenglari keng bichimli ko‘ylak

Foto: Cosmopolitan

Kundalik obrazlar uchun midi uzunligidagi assimetrik elementlari bor, yenglari keng libosga e’tibor qarating. Uzun charm, bog‘ichli etik va mini sumka bilan obrazni to‘ldiring.

Uzun oq nimchani nima bilan kiysa bo‘ladi?

Foto: Cosmopolitan

Total look, ya’ni boshdan oyoq bir rangda kiyinish kuz uchun eng yaxshi variant. Oq shim, bluzka va ustidan nimcha kiyib, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ling. Oyoq kiyim borasida e’tiboringizni qulay etik va botinkalarga qarating.

Nimcha va yorqin rangli bluzka

Foto: Cosmopolitan

O‘ziga xos kuzgi obraz yaratish uchun oq, oddiy bichimli nimchani tanlang. Unga qora jinsi yoki vintaj uslubidagi, yenglari keng bluzka qo‘shing. Bachkana bo‘lmagan sumka va chiyduxoba (velvet) obodok taqib, ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘ling.