Qishki obrazingizni xunuk va didsiz ko‘rinishiga sabab bo‘ladigan kurtka modellari qaysilar ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Belbog‘i rezinkali kurtka

Foto: Cosmopolitan

Bunday modellar allaqachon o‘tmishda qolgan. Rezinka belbog‘li kurtkalar bugungi kun va zamon uchun dolzarb emas. Yaxshisi, e’tiboringizni ushbu mavsumda trend bo‘lishi kutilayotgan qavilgan, o‘rtacha uzunlikdagi va oddiy belbog‘li palto va kurtkalarga qarating.

Mo‘yna bilan bezatilgan kurtka

Foto: Cosmopolitan

Avvallari mo‘ynali kiyim-kechaklar urfda bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin bugungi kunda bunday kiyimni kiygan ayol yoki qiz didsiz ko‘rinadi. Alternativ sifatida ekomo‘ynadan tikilgan shubalarni tanlash tavsiya qilinadi. Yo bo‘lmasa keng bichimli dublyonkalarga e’tibor qaratishingiz mumkin. Ammo siz kurtka kiyishni istasangiz, unda ortiqcha bezaklarsiz sipo modellarni tanlaganingiz yaxshi.

Naqshli yoki gul printli kurtka

Foto: Cosmopolitan

Bu modelni garderobingizdan, kiyim borasida bunday kurtka tanlashni esa xayolingizdan chiqarib yuborganingiz yaxshi. Bir xil to‘q kiyingan atrofdagi odamlardan ajralib turishni istasangiz, yaxshisi yorqin rangli, ammo bezak va printsiz modellarga e’tibor qarating.

Ko‘ylak bichimli kurtka

Foto: Cosmopolitan

Kurtka va ko‘ylak ikki xil turli narsa ekanligini unutmang. Bunday bichimdagi kurtka sizni didsiz ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi.

Ko‘rinishi kapalak qurtini eslatadigan modeldagi kurtka

Foto: Cosmopolitan

Yopishib turadigan, yaltiragan matodan tikilgan bunday modellar avval mashhur bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin hozir emas. Ko‘rinishi kapalak qurtini esga soladigan modellarni unutib, mazkur mavsumda dolzarb bo‘lgan ipak qurti ko‘rinishidagi kurtka modellarini xarid qilish tavsiya qilinadi. Shuningdek, adyolni esga soladigan kurtkalar ham qulay ham chiroyli ko‘rinadi.

Kalta, qavilgan kurtka

Foto: Cosmopolitan

Agar siz bir oy davomida sport zalda mushaklariga ishlov bergan kishidek ko‘rinishni ishlamasangiz, bunday kurtkadan voz keching. Bunaqangi model bilan qomatingiz proporsional ko‘rinmaydi, tananing yuqori qismi keng, pastki qismi esa ingichka bo‘lib qoladi. Buning o‘rniga oversize modellarni tanlash belga urg‘u berish uchun esa belbog‘lardan foydalanish kerak.