“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Premyer Ligada davom ettirishi mumkin.
FOX jurnalisti Kristian Martinning xabar qilishicha, “Manchester Yunayted” portugaliyalik futbolchini qaytarishni xohlamoqda. Klub Krishtianu bilan bog‘langan va u taklifni o‘rganib chiqishini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, agar, Ronaldu ketishni istasa turinliklar klubi muzokaralarga kirishishga tayyor.
Ronaldu 2003—2009-yillar mobaynida “Manchester Yunayted” safida to‘p surgan. U mankunianlar jamoasida to‘qqizta sovrin yutib olgan, ular orasida uchta Premyer Liga va bitta Chempionlar Ligasi bosh sovrini bor. Ronaldu shuningdek, faoliyati mobaynida “Sporting” va “Real” kabi jamoalarda harakat qilgan, 2018-yilda esa “Yuventus”ga o‘tgan.
35 yoshli hujumchi 2020/21-yilgi mavsum A Seriyada 4 ta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va bitta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!