Rossiyalik yakkakurashchi Umar Nurmagomedov UFC’dagi debyuti qachon bo‘lishi haqida gapirdi.
“Umid qilamanki, yil oxirigacha jang qilaman — aniq bilmayman. Agar viza hal bo‘ladigan bo‘lsa, 19-dekabr kuni jang qilishim mumkin”, — deydi Umar.
Eslatib o‘tamiz, Umar UFC 254 musobaqasida Sergey Morozovga qarshi jang qilishi belgilangandi. Biroq rossiyalik yakkakurashchi jangdan bir necha kun avval virusga yo‘liqqani bois bellashuv bekor qilingandi.
19-dekabr kuni Las-Vegasda (AQSh) UFC’ning 2020-yil hisobidan so‘nggi musobaqasi o‘tkaziladi. Kechaning markaziy jangi Hamzat Chimayev va Leon Edvards o‘rtasida kechadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!