Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning (29-0) menejeri Ali Abdulaziz rossiyalik yakkakurashchining oktagonga qaytishiga shama qildi.
Menejer o‘z Twitter sahifasida “30-0” deya post qoldirdi.
Bu orqali funksioner Habibning qaytishiga ishora qilgan. Nurmagomedov MMA’dagi faoliyati mobaynida 29-0 rekord qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.
UFC 254 musobaqasi barcha janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Avvalroq yakkakurashchi faoliyatini 30-0 rekord bilan yakunlashini va bu otasining orzusi ekanini ma’lum qilgandi.