Yevropa kuchli beshlik ligalarida 2020/21-yilgi mavsumda to‘p uzatmalari aniqligi bo‘yicha eng yomon natija qayd etayotgan jamoalar aniqlandi.
Qizig‘i shundaki, Opta taqdim etgan statistikaga ko‘ra, eng yomon ko‘rsatkich qayd etayotgan beshta jamoaning barchasi La Liga vakillaridir.
Eng yomon ko‘rsatkich Primera debyutanti “Kadis”da bo‘lib, shu vaqtgacha o‘tkazilgan o‘yinlarda jamoa o‘rtacha 64,6% aniq uzatma amalga oshirgan.
1. “Kadis” – 64,6%
2. “Osasuna” – 65,3%
3. “Xetafe” – 67,1%
4. “Eybar” – 70,7%
5. “Alaves” – 71,5%
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!