Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” o‘zining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xizmatchisi tadbirkorga 1,4 millon AQSh dollari evaziga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Hokimlik vakili Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 25-iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.

Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (“Pora olish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda