Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning har bir viloyatida yirik tibbiy muassasalar asosida “tibbiyot klasterlari” tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi filiali va viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bir hududda bo‘lib, unga tutash yoki atrofida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi joylashgan. Ularni viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Ushbu tibbiyot muassasalarini viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjud.

Shu orqali yiliga qariyb 2,5 mlrd so‘mni iqtisod qilib, shifoxonaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va tibbiyot xodimlari sonini oshirish mumkin”, — degan Prezident.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligiga yil yakuniga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda “Guliston tibbiyot klasteri”ning loyihasini ishlab chiqib, ishni boshlash vazifasi yuklatildi.

Unga ko‘ra, bu masalada hozirda Turkiyaning “Sog‘liq bilimdoni” universiteti bilan muzokara o‘tkazilmoqda.

Har bir viloyat hokimi bir oy muddatda o‘z hududida Sirdaryo tajribasi asosida, ilg‘or xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda “tibbiyot klasterlari”ni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda Sirdaryo misolida kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalar paketlari ishlab chiqilishi, oilaviy shifokorga yordam beradigan “tibbiyot brigadalari” tashkil etilishi, chekka hududlardagi muassasalarga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i berilishi ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi