Kun davomida arzimagan narsalar asab buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin: choy paketini noto‘g‘ri ochish, telefonni quvvatlagichga qo‘ydim, deb o‘ylagandan keyin uni tokka tiqilmaganini, shoshilinch yubordim, deb o‘ylangan xabarni ketmaganini bilish va hakozo. Harvard Business review jurnalida yozilishicha, kun davomida bu kabi mikrostresslarning kuzatilishi surunkali charchoq va depressiyaga sabab bo‘ladi.

Do‘kon yoki boshqa joydagi navbat kutish

Foto: AdMe

Charchagan va shoshayotgan vaqtda kassa xodimi xuddi ataylab sekin harakat qilayotgandek, sizdan oldindagi xaridor hamyonini uzoq titkilayotgandek va bo‘lmag‘ur savollar berayotgandek tuyuladi. Tadqiqotda kishilar navbat vaqtida stress, notinchlik va o‘ziga ishonmaslikni his qiladi, shuningdek, 36 foiz odam kutganidan ko‘ra ko‘proq vaqt turgandek hisni tuyadi.

Navbat kutish vaqtida vaqtingizni kerakli narsaga sarflang, kitob o‘qing yoki yoningizdagi inson bilan kerakli mavzularda suhbatlashing. Shuningdek, bu vaqtda siz boshqa payt qilishga eringan ishlaringizni bajarishingiz, masalan, telefoningiz xotirasidan keraksiz narsalarni o‘chirib tashlashingiz mumkin.

Kir yuvadigan mashina ustidagi narsalarning tushib ketishi

Foto: AdMe

Mashina ustiga qo‘yilgan narsalar yerga tushib ketishi mumkin. Bu muammo ko‘pincha kir yuvadigan mashinaning mahkamlagichlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham asablaringizni saqlash uchun mutaxassisga murojaat qiling.

Kun davomi qiynalib, charchab ishlagandan keyin bolaga dars qildirish

Foto: AdMe

Hamma ham bolasiga eng yaxshisini ravo ko‘radi, lekin charchagan asablari joyida bo‘lmagan ona farzandiga yordam bera olmasligi mumkin. Asabiylashgandan ovoz ko‘tariladi va qarabsizki dars o‘rniga urish va tortishuv bo‘ladi. Ota-onalar bola darsini nazorat qilib tursa, yaxshi natijaga erishadi deb o‘ylaydi, lekin Ostin va Dyuk universiteti olimlari bunday emasligini isbotladi. Aniqlanishicha, ota-onaning kichik sinfdagi bolaga yordami befoyda, katta sinflarda esa imtihon sinovlarida yomon natija qayd qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Atrofda hamma dam olyapti, faqat siz ishlayapsiz

Foto: BC Hydro

Turmush o‘rtog‘ingizning dam olish kuni, dugonangiz hordiq chiqarayotgan suratini yuboryapti, lekin siz shunga qaramay ishlashga majbursiz. Bunday vaqtda sizga aniq yordam bera olishi mumkin bo‘lgan retsept yo‘q. Shunchaki tinchlanish texnikalariga amal qilib ko‘ring, chuqur nafas oling, toza havoda sayr qiling, musiqa tinglang va meditatsiya bilan shug‘ullaning.

Oq ko‘ylakka tonal krem tekkizib olish

Foto: AdMe

Oq ko‘ylak kiyishdan avval fiksator ishlating. Agar bilmagan holda tekkizib olsangiz, dog‘ga vodorod peroksidini tomizib, arting va keyin yuvib tashlang.

Yaqinlaringiz sizni o‘rningizga o‘zini qo‘yib ko‘rmasligi

Foto: AdMe

Kimgadir o‘lib-tirilib muhim bo‘lgan mavzuni tushuntirsang-u, seni tushunishmasa, qarshingdagi odam o‘rningda bo‘lib, vaziyatni sening ko‘zing bilan ko‘rishi va baho berishini istaydi odam. Bu borada ikki xil yo‘l tutish kerak. Birinchidan, siz muammoni sizni tushunadigan va sizga maslahat bera oladigan odamga aytish, ikkinchidan esa boshqa bir inson tuyg‘ularini anglatganida unga beparvo bo‘lmaslikni tushuntirish kerak. Mutaxassislar o‘zingizni haq ekanligingizni isbotlashga urinmaslik va shunchaki vaziyatga turli baho beradigan ikki xil odam ekanligingizni aytishni tavsiya qiladi.

Reklama qo‘ng‘irog‘i va xabarlari

Foto: Getty Images

Turli reklama qo‘ng‘iroqlaridan qutulish uchun telefoningizga qo‘ng‘iroqni aniqlovchi dasturni o‘rnating. Bunday dasturlarning aksariyatida shubhali raqamlarni avtomat tarzda rad etish funksiyasi bo‘ladi.

Yil yoki oy yakunlanishidan avvalgi haybarakallachilik

Foto: AdMe

Oyning tugashi hisobotlar yopiladigan, sotuvchilar rejani bajaradigan, murakkab loyihalar tugatilib, yangi oyni boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radigan vaqt hisoblanadi. Bu vaqtda hamma narsaga ulgurish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash uchun uchrashuvlar taqvimini tuzish, muhimlilik darajasiga qarab ajratish tavsiya qilinadi. Dedlayngacha nimani qilish zarur, nimani bemalol bajarsa bo‘lishini aniqlab oling. Qolaversa, ishning og‘irlilik darajasiga real baho berishni unutmang.