• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donald Trampning prezidentlik davri haqida 10 ta fakt

    3-noyabr kuni AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi, uning natijalari Donald Tramp Oq uyda yana to‘rt yilga qolish-qolmasligini hal qiladi. Uning birinchi prezidentlik muddati nimalar bilan yodda qoldi? Bular haqida “RBK” o‘z maqolasida aytib o‘tadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Iqtisodiyotning rekord darajada uzoq o‘sishi va keskin pasayishi

    2019-yilning yozida AQShda YaIM o‘sish davrining tarixdagi eng uzoq davom etishi qayd qilingan — u 121 oy (o‘n yil) davom etgan. 2008-yildagi moliyaviy inqirozdan keyingi qayta tiklanish davri Baraka Obamaning prezidentlik paytidayoq boshlangan edi. Ishsizlik darajasi o‘tgan yili 50 yil ichidagi eng past darajaga — 3,5 foizga tushdi, amerikaliklarning maoshi esa yillik hisobda 4 foizga o‘sib, soatiga 28,54 dollarga yetdi. Keyinroq bu muvaffaqiyatlarni COVID-19 koronavirus pandemiyasi yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi chorakda Amerika iqtisodiyoti qariyb 33 foizga pasayib ketdi (yillik sur’atlarga aylantirganda). Bu qulash AQSh hukumati bunday statistikani to‘plashni boshlagan 1947-yildan buyon antirekordga aylandi. 2019-yilda AQSh YaIM 2,2 foizga o‘sdi, 2020-yilda esa 5,8 foizga tushib ketishi mumkin, Xalqaro valyuta fondi prognozi shundan darak bermoqda. 2021-yilda AQSh YaIM 3,8 foizga o‘sadi, butun dunyo YaIM qayta tiklanuvchi o‘sishi esa 5,2 foizga teng bo‘ladi.

    Xitoy — ortiq AQShning bosh savdo sherigi emas

    2019-yil yakunlariga ko‘ra, AQShning savdo bo‘yicha asosiy sherigi Meksika bo‘ldi (savdo aylanmasi — 614 milliard dollar), ikkinchi o‘rinda — Kanada (612 milliard dollar), Xitoy esa bor-yo‘g‘i uchinchi o‘rinni egalladi (558 milliard dollar yoki jami aylanmaning 13,5 foizi). Bunday dinamika shu yil davomida ham saqlanmoqda. AQSh savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikaning bosh savdo sheriklari yanvardan avgustgacha bo‘lgan davrda Meksika va Kanada bo‘lib qolmoqda, Xitoy uchinchida bormoqda. Xitoy Tramp ma’muriyati tomonidan Xitoy importiga nisbatan kiritilgan cheklov choralari fonida AQShning savdo bo‘yicha bosh sherigi maqomidan ayrildi. Vashington Xitoy firmalari, shu jumladan, ZTE telekommunikatsiya kompaniyasiga qarshi sanksiyalar ham kiritgan.

    2010-yilda AQSh va Xitoyning umumiy savdo aylanmasi 456 milliard dollarga teng bo‘lgan, 2018-yilda u 660 milliard dollargacha o‘sdi. 2012—2017-yillarda Amerikaning XXRga eksporti 25 foizga o‘sdi, Xitoydan import esa 27 foizga o‘sdi. 2017—2019-yillarda savdo ziddiyatlari fonida Amerika eksporti hajmi 18 foizga, importi esa 10,5 foizga qisqardi. Tramp yo‘q qilishga va’da bergan AQSh va Xitoy savdo tanqisligi esa 2015—2016-yillardagi 347 milliard dollardan 2017—2018-yillarda 380 milliard dollargacha oshdi. Mahsulotlar va xizmatlar savdosi tanqisligi 2019-yilda 308 milliard dollargacha pasaydi. Ikkala tomonga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi ham pasaydi. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 60,5 milliard dollarga, 2017-yilda 43,8 milliard dollarga teng bo‘lgan, 2018 va 2019-yillarda 20 milliard dollarga yetmagan.

    Mudofaa xarajatlarining o‘sishi

    Tramp ma’muriyati mudofaa budjetini oshirdi. Obama prezidentligigacha Pentagon budjeti 2007-yilda 625 milliard dollar, 2008-yilda 693 milliard dollarga teng bo‘lgan. 2012-yilga kelib, AQSh mudofaa budjeti 529 milliard dollargacha, 2013-yilda esa 527,5 milliard dollargacha qisqardi. 2014-yilga kelib, budjet yana o‘sdi — 560 milliard dollargacha. Tramp davrida o‘sish davom etdi: 2017-yilda Pentagon xarajatlari 606 milliard dollarni tashkil etdi. AQShning 2020-moliya yilidagi mudofaa xarajatlari 700 milliard dollardan oshdi.

    Ayni paytda AQShning mudofaa xarajatlari YaIMga nisbatan qisqardi. 2010-yilda 4,9 foiz, 2013-yilda 4 foiz, 2016-yilda esa 3,4 foizni tashkil etdi. 2019-yilda ham mudofaa xarajatlari AQSh YaIMning 3,4 foizini tashkil qilgan, deyiladi dunyo muammolarini tadqiq etish bo‘yicha Stokgolm instituti hisob-kitoblarida.

    Birorta ham harbiy operatsiya o‘tkazilmagani

    Boshqa mamlakatlar (birinchi navbatda Eron va Shimoliy Koreya)ga qaratilgan keskin bayonotlarga qaramay, Tramp ma’muriyati xorijda birorta ham yangi harbiy operatsiya boshlamadi. Obama Amerikaning Afg‘oniston va Iroqdagi kampaniyalardagi ishtirokini kamaytira boshladi, ammo NATO bo‘yicha sheriklarini qo‘llab-quvvatladi va Liviyada tinch aholini himoya qilish uchun harbiy aralashuvda ishtirok etdi. Obama, shuningdek, Suriyaga Bashar Asad rejimiga muxolifatchi bo‘lgan otryadlarni qo‘llab quvvatlash uchun, shu jumladan, IShIDga qarshi kurashish maqsadlarida Amerika harbiylarini yo‘naltirdi. Obamaga qadar kichik Jorj Bush Iroqqa hujum qilishga ruxsat bergan, undan avvalgi prezident Bill Klinton davrida esa AQSh Bolqondagi urushga aralashgan edi.

    Tramp AQShning Afg‘onistondagi operatsiyalarini tugata boshladi, keyinroq esa Suriyadan ham harbiylarni chiqarib ketishga va’da berdi. Muddatining oxiriga kelib, u Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi kontingentning bir qismini chiqarib ketdi, ammo AQShning ushbu mamlakatlarda kampaniyalardagi ishtirokini to‘xtatmadi. 2016-yil holatiga ko‘ra, AQShning chet mamlakatlardagi qo‘shinlari va harbiy bo‘lmagan mutaxassislari soni 268,4 ming kishini tashkil etdi (shulardan 198,5 mingi — muntazam qo‘shinlar), 2020-yil iyunidagi holatga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 224,4 ming kishigacha kamaydi (muntazam qo‘shinlar — 171 ming). Chet eldagi amerikalik harbiylarning eng ko‘pi Yaponiyaga (55,3 ming), Germaniyaga (34,1 ming), Janubiy Koreyaga (26,5 ming), Italiyaga (12,1 ming) va Birlashgan Qirollikka (9 ming) joylashtirilgan.

    Shu bilan birga Amerika ma’muriyati Ukrainaga qurol sotilishini ma’qulladi va AQShning ushbu mamlakatdagi kontingentini biroz kengaytirdi. 2016-yil iyunidagi holatga ko‘ra, u yerda Amerika kontingenti soni 18 kishi edi, 2020-yil iyuniga kelib, 35 kishiga yetdi.

    Yangi turdagi qo‘shinlar yaratilishi

    Tramp prezidentligi davrida koinotdagi harakatlar uchun mo‘ljallangan yangi turdagi AQSh qo‘shini yaratildi. Bu qaror Rossiya va Xitoyda shunday kuchlar tayyorlanishiga javob bo‘ldi, deya aniqlik kiritdi Tramp. “Men Rossiya nima qilayotganini, Xitoy nima qilayotganini ko‘rdim. Men biz ham shunday qilishimiz kerak, dedim. Bu oson bo‘ldi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, aslida bu qiyin bo‘ldi”, — dedi prezident.

    Migratsiyaning pasayishi, deportatsiyaning o‘sishi

    2016-yildagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp noqonuniy immigratsiyaga qarshi faolroq kurashishga va oddiy amerikaliklarni ish o‘rinlari bilan ta’minlashga va’da bergan edi. U Oq uyni egallab turgan davrda AQShda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritgan chet elliklar soni pasaydi. 2015-yilda bu ko‘rsatkich 1,051 millionni, 2016-yilda 1,183 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017-yilda bu raqam 1,127 milliongacha, 2018-yilda esa 1,096 milliongacha tushib ketdi. Bu haqda ichki xavfsizlik vazirligi ma’lumotlarida aytiladi. Ammo 2013-yildayoq bu ko‘rsatkich 1 milliondan past edi.

    Noqonuniy muhojirlar deportatsiyasi ko‘paydi, ammo sezilarli darajada emas. 2015-yilda u 333 mingtani, 2016-yilda 340 mingtani, 2017-yilda (Tramp prezidentligining birinchi yili) 295 mingtani, 2018-yilda 337 mingtani tashkil qilgan. Shu bilan birga, 2012—2014-yillarda deportatsiyalar soni 400 mingtadan oshgan.

    AQShning xalqaro shartnomalardan chiqishi

    Tramp prezidentligi davrida bir nechta shartnomalardan chiqish haqida e’lon qildi va AQShning bir qator tashkilotlardagi a’zoligini bekor qildi:
    • Rossiya bilan ochiq osmon bo‘yicha bitim (rasman AQSh bitimni noyabr oxirida tark etadi);
    • Rossiya bilan o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnoma (bitim amal qilishdan to‘xtadi);
    • Eron bo‘yicha yadro bitimi (AQSh 2018-yilda chiqdi);
    • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (AQSh undan chiqishi haqida mayda e’lon qildi);
    • BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (AQSh 2018-yilda chiqdi);
    • YuNESKO (AQSh 2017-yilda chiqdi);
    • BMTning falastinlik qochoqlarga yordam berish va ishlarni tashkillashtirish uchun  Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) — 2018-yilda AQSh tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatganini e’lon qildi.
    Bundan tashqari, Tramp Meksika va Kanada (NAFTA) bilan, shuningdek, Janubiy Koreya (KORUS) bilan savdo bo‘yicha bitimlarni qayta ko‘rib chiqdi.

    Qonun chiqaruvchilarning Rossiyaga nisbatan e’tiborining oshishi

    Tramp hukmronligi davrida kongressga Rossiya tilga olingan 387 ta qonun loyihasi va rezolyutsiya kiritildi — govtrack.us saytidagi hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqda. Obamaning so‘nggi muddatida bu ko‘rsatkich 143 taga, uning birinchi muddatida esa 134 taga teng bo‘lgan. Kongress bosimi ostida Tramp ma’muriyati Rossiyaga qarshi Ukraina inqirozi boshlangan vaqtdan buyon eng qat’iy — “Amerika raqiblariga qarshi sanksiyalar orqali kurashish to‘g‘risida”gi (CAATSA) qonun loyihasini imzoladi. Uning nizomlariga ko‘ra, amerikalik bo‘lmagan fuqarolarning SDN sanksiya ro‘yxatidagi rossiyalik shaxslar bilan tranzaksiyalarda qatnashish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati rossiyaliklarga qarshi shaxsiy sanksiyalarning bir nechta raundini kiritdi — ularga, masalan, biznesmen Yevgeniy Prigojin va uning atrofidagilar duch keldi. Shuningdek, Nord Stream 2 gaz quvuri loyihasi ishtirokchilariga nisbatan qo‘llanilayotgan mavjud sanksiya qoidalari ham kuchaytirildi. Nihoyat Tramp davrida AQSh Buyuk Britaniya hududida kimyoviy qurol qo‘llagani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

    Meksika bilan chegarada qurib bitkazilmagan devor

    Saylovlar arafasida Tramp AQShning janubiy chegarasida qariyb 1,6 ming kilometrlik devor qurishga va Meksikani uning pulini to‘lashga majbur qilishga va’da bergan edi. Oxir-oqibat AQSh ma’muriyati Meksikaga devor uchun pul to‘lattira olmadi, to‘siqni moliyalashtirish masalasi esa vakillar palatasida demokratlar va respublikachilar o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Natijada Tramp devor qurilishi uchun boshqa davlat dasturlaridan pul jalb qilishga majbur bo‘ldi. Uning prezidentlik muddati oxiriga kelib, AQSh janubiy chegarasidagi devor uzunligi 400 kilometrdan ziyodni tashkil etmoqda, ammo Tramp davrida uning bir necha mil qismigina qurildi, xolos, qolgani — allaqachon bo‘lgan to‘siqlardir. Chegaraning jami 1,7 ming mil qismi to‘siqlar bilan himoyalangan. Meksika va AQSh o‘rtasidagi chegaraning umumiy uzunligi 3,2 ming kilometrdan ortiq, uning bir qismi tabiiy to‘siqlar bilan himoyalangan.

    Impichment

    Demokratlar impichment jarayonini 2019-yil kuzida boshlagan edi. Trampga qadar Endryu Jonson va Bill Klintonga nisbatan ham bunday impichmentlar olib borilgan. Tramp ustidan sud senatda 12 kun davom etdi (22-yanvardan 5-fevralgacha), Klinton ustidan — 35 kun (1999-yil 7-yanvar — 12-fevral), Jonson ustidan esa 71 kun (1868-yil 5-mart — 16-may) davom etgan. Bu jarayonlardan hech biri prezident iste’fosi bilan tugamagan, hammasida senat oqlov hukmini chiqargan.

    29.10.2020, 15:22   Izoh (0)   31898
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘zi joriy qilgan koronavirusga qarshi choralarni buzgani uchun iste’foga chiqdi

    29.10.2020, 13:33

    Fransiya koronavirus tufayli yana umumiy karantin e’lon qildi

    29.10.2020, 11:47

    Hindistonda tibbiyot xodimlari qo‘zg‘olon ko‘tardi

    29.10.2020, 11:10

    Polshada bir kun ichida koronavirus bo‘yicha ikkita antirekord yangilandi

    29.10.2020, 09:10

    Germaniyada qaytadan karantin joriy qilinmoqda. Restoranlar, kinoteatrlar va fitnes markazlari yopiladi, maktablar ishini davom ettiradi

    29.10.2020, 07:27

    Shveysariyada karantin cheklovlari kuchaytirildi

    29.10.2020, 06:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.