Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAning Andijon viloyatidagi mas’uli, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ulom Sultonov vafot etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Abdug‘ulom Sultonov.

Abdug‘ulom Sultonov.
Foto: Andijon viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

Ta’kidlanishicha, boshqarma boshlig‘i 2020-yil 26-oktabr kuni vafot etgan. Ammo uning vafoti sababi ochiqlanmagan.

Marhum Abdug‘ulom Sultonov 1953-yil Andijon tumanida tug‘ilgan, 1979-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ish faoliyatini Xo‘jaobod tumanining “Shonli mehnat” gazetasida musahhih sifatida boshlagan.

U 1974-yildan 1994-yilga qadar viloyat hokimligi muassisligidagi “Andijonnoma” (sobiq “Kommunist”) gazetasi musahhihi, muxbiri, mas’ul kotib o‘rinbosari, bo‘lim mudiri, mas’ul kotibi lavozimlarida ishlagan.

1994–2002-yillarda viloyat hokimligi matbuot xizmati masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, ijtimoiy masalalar bo‘yicha kotibiyat bosh mutaxassisi, kotibiyat mudiri vazifalarida ishlagan.

2002-yildan buyon Andijon viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i, keyinchalik viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i sifatida mehnat qilib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr