Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, 1991-yildan buyon “Xalq so‘zi” gazetasida faoliyat yuritib kelgan ijodkor Ikrom O‘tbosarov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qildi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Ikrom O‘tbosarov 1948-yil 27-martda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. U ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan.

Ikrom O‘tbosarov o‘z mehnat faoliyatini 1970-yilda “Lenin uchquni” (hozirgi “Tong yulduzi”) gazetasida boshlagan. 1991-yildan buyon “Xalq so‘zi” gazetasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Jurnalist ko‘plab publitsistik maqolalar, ocherklar bilan birgalikda “Cho‘qqilarga eltuvchi yo‘llar” va “Vatanda safar qil...” kitoblari muallifi hamdir.

U O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist faxriy unvoni, “Shuhrat” medali, “Mustaqillikning 1 yilligi”, “Mustaqillikning 25 yilligi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari sohibi, “Yilning eng yaxshi jurnalisti” tanlovi g‘olibi, “Oltin qalam” xalqaro tanlovi sovrindori bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev, O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘ayratdin Xo‘janiyozov, texnika fanlari doktori, professor Nusrat Murodov va Yozuvchi Mamadali Mahmudov vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)