Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Berlin hayvonot bog‘ida Kilaguni laqabli dunyodagi eng keksa urg‘ochi qora karkidon vafot etdi. Bu haqda hayvonot bog‘i o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Twitter / Zooberlin

Foto: Twitter / Zooberlin

“Alvido, qariya! Bugun Kilaguni bilan vidolashamiz. Dunyodagi eng keksa qora karkidon yoshga bog‘liq odatdagi muammolari bilan ko‘proq kurashishga majbur bo‘layotgandi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, hayvonot bog‘i jonzot azob chekmasligi uchun uni inyeksiya yuborish orqali o‘ldirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Kilaguni 46 yoshda edi. Tabiiy sharoitda karkidonlar kamdan kam hollarda 30 yilgacha yashaydi: noqonuniy ov ularning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Voyaga yetgan karkidonning boshqa hayvonlar orasida dushmani bo‘lmaydi, ularga faqat insonlar tahdid soladi: hayvonning shoxida dorivor xususiyatlar mavjudligi sabab u qimmatbaho o‘lja hisoblanadi.

“2008-yildan beri Janubiy va Sharqiy Afrika misli ko‘rilmagan brakonyerlikka duch keldi. So‘nggi o‘n yil ichida brakonyerlar yetti mingdan ortiq karkidonni o‘ldirdi”, — deyiladi hayvonot bog‘i xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)