Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘tgan bir kecha-kunduzda dunyoda yana 465,3 ming kishi koronavirusga chalindi, deb xabar bermoqda “RBK” Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bu butun pandemiya davrida bir kecha-kunduzda COVID-19 bilan kasallanish holatlari soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 23-oktabrda qayd etilgan, o‘shanda bir kunda 423,8 ming kishida koronavirus aniqlangan edi.

Bir kecha-kunduzda quyidagi o‘nta davlatda eng ko‘p kasallanish holati kuzatildi:

AQSh — 72,3 ming;Hindiston — 53,3 ming;Fransiya — 32,4 ming;Braziliya — 24,8 ming;Buyuk Britaniya — 20,5 ming;Ispaniya — 19,8 ming;Italiya — 19,1 ming;Rossiya — 16,5 ming;Argentina — 16,3 ming;Chexiya — 15,2 ming.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 42 million kishidan oshdi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus yaqin oylarda dunyoda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘ir bo‘lishini aytgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda