Polsha prezidenti Anjey Duda koronavirusga chalindi. Bu haqda uning matbuot kotibi Blajey Spixalskiy o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: RTVi

Matbuot kotibning ta’kidlashicha, mamlakat rahbari o‘zini yaxshi his qilmoqda. Spixalskiyning o‘zi esa karantinga ketadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Polshada o‘tgan bir sutkaning o‘zida 13 632 kishida koronavirus aniqlangan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 228 ming kishidan oshgan, ularning 119 mingi davolanishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar AQSh prezidenti Donald Tramp, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Boliviya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Janin Anyes, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ham koronavirus yuqtirib olgan edi.

Avvalroq butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 42 million kishidan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.