Daryo

JSST rahbari pandemiyaning juda qiyin oylari yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

“Keyingi bir necha oy juda og‘ir bo‘ladi, ba’zi mamlakatlar xavfli trayektoriyada turibdi”, — deya ogohlantirgan Gebreyesus

1 daqiqa o‘qish86 846 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Yaqin oylarda dunyoda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘ir bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

“Biz COVID-19 kasalligi pandemiyasining juda muhim chorrahasida turibmiz, ayniqsa, shimoliy yarimsharda. Keyingi bir necha oy juda og‘ir bo‘ladi, ba’zi mamlakatlar xavfli trayektoriyada turibdi”, — deya ogohlantirgan Gebreyesus.

JSST rahbarining aytishicha, ko‘plab davlatlarda kasallanish holatlarining keskin oshishi kuzatilgan, bu esa yaqin vaqt ichida sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslarning tugab qolish xavfini yuzaga keltiradi.

Tedros Gebreyesus dunyo mamlakatlari rahbarlarini shoshilinch choralar ko‘rishga va o‘lim darajasi, kasallanish tezligi oshishining oldini olishga chaqirgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar