Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan 21-oktabr, chorshanba kungi bahslar yakunlandi.

Foto: Twitter

A guruhi favoritlari “Bavariya” va “Atletiko” Myunxenda o‘zaro bahsga kirishdi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Kingsli Koman myunxenliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 41-daqiqada Komanning uzatmasidan keyin Leon Goretska jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar yana ikkita to‘p kiritishga erishdi. 66-daqiqada Korentin Tolisso uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, Yan Oblakni dog‘da qoldirgan bo‘lsa, 72-daqiqada Koman dubl etib, jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

Guruhning ikkinchi o‘yini “Zalsburg” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechdi va 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan tugadi.

“Inter” o‘z uyida Myunxengladbaxning “Borussiya”sini qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Romelu Lukaku milanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Rami Bensebayni penaltini aniq ijro etgan holda muvozanatni tikladi.

O‘yin yakunlanishi arafasida Yonas Hofmann milanliklar darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni oshirdi. Biroq Lukaku 90-daqiqadagi gol orqali “Inter”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

B guruhining yana bir o‘yini avvalroq o‘tkazildi va unda “Real” kutilmaganda “Shaxtyor”ga yutqazib qo‘ygandi.

YChL

1-tur bahslari

21-oktabr, chorshanba

A guruhi

“Bavariya” Germaniya — “Atletiko” Ispaniya 4:0

Gollar: 1:0 – 28 Koman, 2:0 – 41 Goretska, 3:0 – 66 Tolisso, 4:0 – 72 Koman.

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Lyuka Ernandes, Pavar (Sarr, 73), Alaba, Kimmix, Goretska (Xavi Martines, 83), Myuller (Devis, 83), Tolisso, Koman (Duglas Kosta, 73), Levandovski (Shupo-Moting, 83).

“Atletiko”: Oblak, Savich, Felipe, Trippyer, Lodi, Karrasko (Vitolo, 76), Koke (Torreyra, 79), Lyorente (Lemar, 79), Errera, Joau Feliks, Suares (Korrea, 76).

Ogohlantirishlar: Alaba (5), Myuller (21), Lodi (43), Koke (44), Errera (45), Torreyra (90).

“Zalsburg” Avstriya — “Lokomotiv M” Rossiya 2:2

Gollar: 0:1 – 19 Eder, 1:1 – 45 Soboslai, 2:1 – 50 Yunuzovich, 2:2 – 75 Lisakovich.

B guruhi

“Inter” Italiya — “Borussiya M” Germaniya 2:2

Gollar: 1:0 – 49 Lukaku, 1:1 – 63, penalti Bensebayni, 1:2 – 84 Xofmann, 2:2 – 90 Lukaku.

“Inter”: Handanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Kolarov, Darmian, Perishich (Bastoni, 79), Vidal, Eriksen (Brozovich, 79), Barella, Sanches (Martines, 46), Lukaku.

“Borussiya M”: Zommer, Ginter, Elvedi, Layner, Bensebayni, Kramer, Hofmann, Noyxaus, Plea (Shtindl, 90), Tyuram, Embolo (Herrmann, 75).

Ogohlantirishlar: D`Ambrozio (17), de Vrey (65), Kramer (68), Handanovich (82).

“Real Madrid” Ispaniya — “Shaxtyor” Ukraina 2:3

Gollar: 0:1 – 29 Tete, 0:2 – 33, avtogol Varan, 0:3 – 42 Solomon, 1:3 – 54 Modrich, 2:3 – 59 Vinisius Junior.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!