Yevropa Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlari ortda qoldi. UEFA tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Foto: UEFA

Chempionlar Ligasida haftaning eng futbolchisi nomiga da’vogarlar:

  • Alvaro Morata (“Yuventus”) — “Dinamo Kiyev”ga qarshi o‘yinda (2:0) ikkita gol;
  • Anxelinyo (“Leypsig”) — “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi o‘yinda (2:0) ikkita gol va 73% uzatma aniqligi;
  • Tete (“Shaxtyor”) — “Real”ga qarshi o‘yinda (3:2) gol va ikkita golli uzatma;
  • Kingsli Koman (“Bavariya”) — “Atletiko”ga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol va bitta golli uzatma.

Ayni damda UEFA rasmiy saytida so‘rovnoma davom etmoqda. Uning natijalari 23-oktabr, juma kuni e’lon qilinadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!