24-oktabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahridagi “Jangchilar oroli”da UFC 254 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: UFC

UFC kechasining markaziy jangi yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

So‘nggi haftalar davomida musobaqa doirasidagi janglarda bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

Rossiyalik yakkakurashchilar Islom Maxachev va Umar Nurmagomedovning janglari bekor bo‘ldi. Maxachevning raqibi Rafael dos Anyosda koronavirus aniqlangan bo‘lsa, Nurmagomedov virusli kasallik sabab safdan chiqdi.

Shuningdek, musobaqa asosiy kardida o‘zbekistonlik debyutant Liliya Shokirova jang qiladigan bo‘ldi. Shokirova mutlaq yengil vazn toifasi reytingida 4-o‘rinni egallab turgan Loren Myorfiga qarshi oktagonga chiqadi. Myorfiga raqib bo‘lishi kutilgan Sintiya Kavilyoda koronavirus aniqlangandi.

Quyida UFC 254 musobaqasidan o‘rin olgan janglar ro‘yxati bilan tanishing:

Asosiy kard

  • Habib Nurmagomedov — Jastin Getji
  • Robert Uittaker — Jared Kannonir
  • Aleksandr Volkov — Uolt Harris
  • Loren Myorfi — Liliya Shokirova
  • Magomed Ankalayev — Ion Kutselaba

Dastlabki janglar:

  • Stefan Shtruve — Tay Tuivasa
  • Jeykob Malkoun — Fil Hous
  • Aleks Oliveyra — Shavkat Rahmonov
  • Ta Un Chun — Sem Alvi
  • Nataniel Vud — Keysi Kenni
  • Hoel Alvares — Aleksandr Yakovlev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!